John William Strutt
John William Strutt | |
---|---|
Tavalludi |
12-noyabr 1842-yil Langford Grove, Angliya |
Vafoti |
30-iyun 1919-yil Terling Place, Angliya |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Sohasi | Fizika |
Mukofotlari | Nobel mukofoti |
John William Strutt (talaffuzi: Jon Uilyam Strutt) (1842.12.11, Lengford Grov — 1919.30.6, Tirling Pleys) — ingliz fizigi, tebranish nazariyasi asoschilaridan biri; London Qirollik jamiyati aʼzosi (1873-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1865), J.K. Maksvell oʻlimidan keyin shu universitet professor (1879-yildan) va Kembrij universiteti krshidagi Kavendish laboratoriya direktori. Britaniya Qirollik instituti professor (1887-yildan).
Ilmiy ishlari akustika, tebranish nazariyasi, optika, elektr va fizikaning boshqa sohalariga oid. U guruhdi va fazaviy tezliklar farqini tushuntirib berdi va guruqli tezlik formulasi (Reley formulasi)ni yaratdi. R. mutlaq qora jism nurlanishining qonunlaridan biri — shu jism nurlanish spektrida energiya taqsimotining traga bogʻlikligini ifodalaydigan qonun (Reley — Jins nurlanish qonuni)ni ishlab chiqdi (1900), bu qonun kvant nazariyaning yaratilishida muhim oʻrin egalladi. R. yorugʻlik sochilishining molekulyar nazariyasiga asos soldi. U U. Ramzay bilan birgalikda argonni kashf etdi (1894). Nobel mukofoti laureati (1904).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Fizika boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari | ||
---|---|---|
1901–1925 |
| |
1926–1950 |
| |
1951–1975 |
| |
1976–2000 |
| |
2001– yildan |
|
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.