For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Tania Sachdev.

Tania Sachdev

Tania Sachdev
Tugʻilishi 20-avgust 1986-yil (1986-08-20) (38 yosh)
Dehli, Hindiston
Saravha Xalqaro shaxmat ustasi (2008), ayol grosstmeyster (2005)
FIDE reyting (2022-yil) (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2443 (2013-yil)

Tania Sachdev (talaffuzi: Tanya Sachdev 1986-yil 20-avgustda tugʻilgan)— hindistonlik shaxmatchi, FIDE xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2006 va 2007-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida ikki karra Hindiston chempioni,[1][2] 2007-yilda ayollar oʻrtasida bir karra Osiyo chempioni[1][3] va 2016[4], 2018[5] va 2019[6]-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha uch karra va amaldagi Hamdoʻstlik chempioni. U shuningdek, shaxmat boʻyicha boshlovchi va sharhlovchi hamdur.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehlida tugʻilgan Sachdevni, 6 yoshida onasi Anju shaxmat oʻyini bilan tanishtirgan.[7] Ota-onasi unga kasbiy taʼlim berishdi. U sakkiz yoshida birinchi xalqaro unvoniga erishdi. Unga dastlabki yillarida K.C.Joshi murabbiylik qilgan. Bolaligida Tania Sachdev bir nechta musobaqalarda gʻolib chiqdi. Uning karerasidagi muvaffaqiyatlari 12 yoshgacha boʻlgan Hindiston chempioni,[8] 2000-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni va 1998-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar divizionida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlishligi bilan boshlangan[9]. 2002-yilda Maravila shahrida oʻtkazilgan oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib boʻladi.[10]

Sachdev 2014-yilda

Milliy va xalqaro eʼtirof

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Tania Sachdev ayol grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan sakkizinchi hindistonlik oʻyinchi boʻldi. U 2006 va 2007-yillarda Hindistonning ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha milliy chempionatda gʻolib boʻlgan. 2007-yilda u Tehronda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻqqiz turdan 6½ ochko toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kirtdi.[11] 2009-yilda Arjuna mukofoti bilan taqdirlangan. 2016-yilda Sachdev Reykjavik Open[12][13] musobaqasida eng yaxshi ayol sovrinini qoʻlga kiritdi va Kalkutta shahrida ayollar oʻrtasida Hamdoʻstlik chempioni unvoniga ham sazovor boʻldi.[14]

Tania Sachdev Hindiston terma jamoasi safida 2008-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009 va 2011-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionatida, 2003-yildan buyon shaxmat boʻyicha ayollar jamoaviy Osiyo chempionatida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari ishtirok etgan. Tania Sachdev 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar olimpiadasida 3-chi shaxsiy bronza medalini, ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida toʻrtta jamoaviy kumush (2008, 2009, 2012 va 2014-yillarda) va toʻrtta shaxsiy (uchta kumush va bitta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.[15]

2015-yilda Sachdev tezkor shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo qitʼa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[16]

Sachdev Chessbase (shaxmat bazasi) uchun Fritztrainer Strategy DVD-ni taqdim etdi. Magnus Karlsen va Viswanathan Anand oʻrtasida 2013-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan Jahon chempionati oʻyini rasmiy sharhlovchilar guruhi aʼzolaridan edi.[17] 2019-yil iyul oyida Sachdev ayollar oʻrtasidagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida chempionlikni qoʻlga kiritdi va oʻz unvonini himoya qildi.[18][19]


Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sachdev Dehlidagi Vasant Vixardagi Zamonaviy maktabni tamomlagan va Shri Venkateswara kollejida ham tahsil olgan. 

Unga Red Bull homiylik qiladi.[20] Sachdev 2014-yil noyabr oyida dehlilik arxitektor Viraj Katariaga turmushga chiqdi.[7][21]

  1. 1,0 1,1 „Tania Sachdev | Chess Celebrities“. Chess.com.
  2. „The evolution of women's chess in India“. ChessBase India (8-mart 2021-yil).
  3. „Tania sachdev wins Asian chess title“. Mumbai Mirror.
  4. „Tania wins maiden Commonwealth gold, sets eyes on 2016 Chess Olympiad“. Hindustan Times (9-avgust 2016-yil).
  5. Kulkarni. „P. Karthikeyan, Tania Sachdev Win Commonwealth Titles“. Chess.com.
  6. Rao, Rakesh. „Commonwealth chess championship: Fantastic fifth for Abhijeet Gupta“. The Hindu (7-iyul 2019-yil).
  7. 7,0 7,1 „Tania Sachdev“ (inglizcha). Red Bull. Qaraldi: 30-yanvar 2018-yil.
  8. „Tania Sachdev joins the Chessdom commentators team“. Chessdom (6-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  9. „World Championship in U18 categories. 25/10-7/11/1998“ (inglizcha). chess.gr. 2019-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2016-yil.
  10. „Deepan and Tania Champs, India sweeps all the titles“ (inglizcha). 25th Asian Juniors 2002, Sri Lanka. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  11. „12th Asian Women Indevidual [sic Chess Championship“] (inglizcha). Chess-Results.com. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
  12. Ramirez. „Indian success in Iceland“ (inglizcha). ChessBase (20-mart 2016-yil).
  13. „Abhijeet wins Reykjavik Open; Tania makes Grandmaster norm“ (inglizcha). The Times of India (17-mart 2016-yil). Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
  14. Jayaratnam, Narayanaswamy. „Gupta and Sachdev overall champions of Commonwealth Open Chess“ (inglizcha). Daily News (19-avgust 2016-yil). Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
  15. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Sachdev Tania“ (inglizcha). OlimpBase. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
  16. „Tania Sachdev wins silver in rapid chess | Chess News - Times of India“ (inglizcha). The Times of India (12-avgust 2015-yil). Qaraldi: 3-iyul 2021-yil.
  17. Shah. „Improve Your Chess With Tania Sachdev“ (inglizcha). Chess News. ChessBase (4-iyul 2014-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
  18. Rao, Rakesh. „Commonwealth chess championship: Fantastic fifth for Abhijeet Gupta“ (en-IN). The Hindu (7-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
  19. „Abhijeet Gupta wins the Commonwealth title for a record fifth time!“. ChessBase India (8-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
  20. Iyer. „Don't mind being called a chess hottie: Tania Sachdev“ (inglizcha). Mid-Day (2014-yil 8-iyun).
  21. Bhalla. „Chess champ Tania Sachdev ties knot with Viraj Kataria in Delhi“ (inglizcha). The Times of India (4-noyabr 2014-yil).
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 19-sentyabr, 2022-yil(2022-09-19) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Tania Sachdev
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?