For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Talk.

Talk

Talk (nem. Talk; arab — talg) — varaqsimon silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Mg3[Si4O10](OH)2 boʻlib, unda MgO31,7%, SiO263,5%, H2O 4,8%. Baʼzan magniy Fe, Ni, Al, Cr bilan oʻrin almashishi mumkin. T.ning villemseit (nikelli), minnesotait (temirning miqdori 50— 80%), steatit (gilvatasimon yogʻli mineral; zich massivli) agalit (ingichka tolali) turlari mavjud. Oʻta asosli togʻ jinslarining magnezial silikatlarini gidrotermal oʻzgarishi mahsuli. Agregatlari varaq va tangachasimon shaklda, ushlaganda yogʻliqsimon. Yupqa varaqchalari shaffof yoki qisman nur oʻtkazadi. Yaltirashi shishadek, sadaf kabi tovlanib turadi. Varaqchalari egiluvchan, lekin qayishqoq emas. Bargsimon yoki ingichka donali, baʼzan 10 sm gacha boʻlgan notoʻgʻri shaklli plastinkasimon, ulanish tekisligida egiluvchan shaffof tangachalarga oson ajraluvchi moʻrt agregatlar hosil qiladi. Rangi oq, yashilroq. Qattiqligi 1, zichligi 2,6— 2,8 g/sm³. Olovbardosh, issiklik va elektrni yaxshi oʻtkazmaydi. T. konlari magnitga boy boʻlgan togʻ jinslarining oʻzgarish mahsulot, kontakt metasomatik jarayonlar bilan bogʻliq boʻlib, koʻpincha gidrotermal bosqichda dolomitlar bilan intruziv jinslar kontaktida yuzaga keladi. T. slanetslar va listvenitlarning jins hosil qiluvchi minerali. T.dan lokboʻyoq, rezina, qogʻoz, atirupa sanoatida toʻldiruvchi, texnikada qattiq surkama, kislota va olovga chidamli material sifatida, ayniqsa keramikada koʻp ishlatiladi. Temirsiz steatitli T.dan bezak toshlari sifatida foydalaniladi. Oʻzbekistonda Nurota, ZirabuloqZiyovuddin, ChatqolQurama togʻlarida T. namoyonlari, Sulton Uvaysda esa kichik koni mavjud.




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Talk
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?