For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Talas jangi.

Talas jangi

Andoza:Карточка

Talas jangi — Talas (Taroz) daryosi boʻyida arab va xitoy qushinlari oʻrtasida yuz bergan hal qiluvchi jang (751). 8-asrning 1 yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yoʻlini egallash va bu yoʻldagi davlatlarni oʻziga boʻysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan. Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol (arablarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari), Fargʻona hokimining Choch hokimiga qarshi kurashida Xitoydan yordam soʻragani bu yurishlarga bahona boʻlgan. Tan davlati 750 yil millati koreys boʻlgan Gao Syanchji (Gav Shanchji) qoʻmondonligida katta qoʻshin joʻnatgan. Bu qoʻshin fargʻonaliklar bilan ittifoqlikda Chochni olib vayron qilgan, katta oʻlja (tuyalar, otlar, oltin, kumush)ni qoʻlga kiritgan. Choch qokimi qatl qilingan, uning oʻgʻli arablardan yordam soʻragan. 751 yil iyul oyida arablarning Ziyod ibn Solih qoʻmondonligi ostidagi qoʻshini Gao Syanchjining xitoylar, fargʻonaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda qarluqlardan iborat yirik qoʻshini (arab manbalariga koʻra 100 ming kishi) bilan Talas daryosi boʻyida toʻqnashgan. Talas jangi 5 kun davom etgan. Toʻqnashuv jarayonida Tan armiyasi tarkibidagi qarluqlar arablarga qarshi kurashdan bosh tortgan va xitoyliklarning arʼyergardiga zarba berganlar. Xitoy qoʻshini butunlay yakson qilingan. Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va Duan Shoushilar bilan birga zoʻrgʻa qochib qutilgan. Ibn al Asirning yozishicha, xitoyliklardan 50 ming kishi oʻldirilib, taxminan 20 ming kishi asir olingan. Asirga tushgan Xitoy jangchilari orasidan tanlab olingan hunarmandlar Samarqandga keltirilgan. Ular Samarqandda qogʻoz ishlab chiqarish. sanoatini yanada rivojlanishiga munosib hissa qoʻshganlar. Xitoylik xunarmandlar hatto Mesopotamiya shaharlariga ham keltirilgan. Talas jangi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oʻta muhim rol oʻynaydi. U Tan imperiyasining Oʻrta Osiyo xududini egallash yoʻlidagi tajovuzkorona siyosatiga uzilkesil chek qoʻygan. Ammo bu Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdo aloqalarini bugunlay uzilishiga olib kelmagan.

Abdulahad Xoʻjayev.

Talas jangi 751Talas vodiysida boʻlib oʻtgan jang. (Xozirgi Qozog'iston va Qirg'iziston) hududida Abbosiylar xalifaligi (Qutayba ibn Muslim) va Tan xitoylari oʻrtasida O'rta Osiyo hududini nazoratga olish uchun boʻlib oʻtgan. Arab otliq askarlari Xitoy suvoriylarini toʻliq magʻlubiyatga uchratishgan.

Jang natijasida Tan imperiyasining gʻarbga boʻlgan yurushi toʻxtatildi. Shu bilan birgan Xitoy sarkardalari Arablarga yetarlicha qarshilik koʻrsatishi natijasida, vaqtinchalik ularning sharqga boʻlgan yurushi toʻxtatildi.

  • Qarluqlar erkin yurt tuzishdi.
  • Islom turkiylar orasida tarqala boshladi.
  • Qogʻoz ishlab chiqarish texnologiyasi turkiyalar orqali arablarga oʻtdi.Ular orqali esa gʻarbga.



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Talas jangi
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?