For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Takash.

Takash

Takash - Alouddin Muhammad Xorazmshoh (toʻliq ismi Alouddin Takash ibn ElArslon ibn Otsiz ibn Anushtegin) (taxminan 11521200.3.7) — anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar davlatining hukmdori (1172—1200-yil). Takash otasi ElArslon vafoti arafasida Jand viloyati voliysi boʻlib turgan. Shuning uchun ElArslon kenja oʻgʻli Sultonshohni valiaxd qilib tayinlaydi va Sultonshoh taxtga oʻtirgan (1172). Takash Sultonshohni tan olmasligini aytgach, Sultonshoh unga qarshi onasi maslahati bilan qoʻshin joʻnatgan. Takash esa qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon (11641177)ga har yili oʻlpon toʻlab turishi haqida vaʼda berib, oʻgay ukasi Sultonshoh bilan kurashish uchun harbiy yordam soʻragan va undan olgan qoʻshin bilan Gurganch (Koʻhna Urganch)ga yurish qilgan. Sultonshoh va onasi Turkon xotun Xurosonga qochgan. Gurganchni qoʻlga kiritgach, Takash 1172-yil 11-dekabrda xalqning madadi bilan rasman Xorazm taxtiga oʻtirgan. Lekin, ukasi bilan Xorazm taxti uchun yana 20 yil kurash olib borishga majbur boʻlgan. Sultonshoh vafotidan soʻng Xurosonning Toliqon Marvirud Hirot yoʻnalishidagi yerlar Takashga oʻtgan. U oʻgʻli Nosiruddin Malikshohni Marvga, boshqa oʻgʻli Qutbiddin Muhammad II ni Nishopurga voliy kilib tayinlagan. Shundan soʻng Takash Sharqiy Eronga oʻz taʼsirini oʻtkazish bilan birga, Gʻarbiy Eron ishlariga ham aralasha boshlagan. Takash Sultonshoxga qarshi kurashayotgan vaqtida (1172—1193) gʻuriylar, saljukiylar va abbosiy xalifalar, hatto baʼzan qoraxitoylar bilan ham yaxshi munosabatlarni saqlab ular bilan doʻstona maktublar yozishib turgan (bu maktublar mazmuni saqlanib qolgan).

1192—93 yillarda saljuqiylar sultoni Toʻgʻrul III T. bilan yaxshi munosabatni saqlash uchun uning oʻgʻli Yunusxonga oʻz qizini bergan va sulh shartnomasini tuzgan, bunga koʻra Ray xorazmshoh mulki deb tan olingan. Lekin, Toʻgʻrul III shartnomani buzgan. Toʻgʻrul Shga xalifa shNosir ham qarshi boʻlib, u Takashga maktub yozib Toʻgʻrul III ga qarshi kurashda yordam soʻragan. Takash 1194 yil 4 martdagi jangda Toʻgʻrul III qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratib, unga qaram yerlarni oʻz tasarrufiga qoʻshib olgan, lekin, xalifaga oʻljadan hech narsa tegmagan. Bu ular oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelgan. Toʻgʻrul III vafot etgach, Eron va Iroqi Ajam yerlari Xorazmga oʻtadi, saljuqiylar sulolasi barham topadi. Takash oʻsha yildan eʼtiboran "sulton" unvonini qoʻllay boshlaydi.

Takash 1195 yilda Kirmonni oʻziga boʻysundirgan. Umrining oxirgi yillarida ismoiliylar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1200-yil xalifa bilan munosabati yana yomonlashgan Takash Bagʻdodga yurish qilgan, lekin yarim yoʻlda Nishopur va Xorazm oraligʻidagi Shahriston shahrida vafot etgan. Takashning jasadi Gurganchga keltirilib oʻzi qurdirgan katta Madrasa qoshidagi maqbaraga dafn qilingan.

Oʻrta asr mualliflarining yozishicha, Takash adolatparvar, iqtidorli, buyuk diplomat va lashkarboshi boʻlgan. Takash musiqani sevgan, udni juda yaxshi chalgan, hozirjavob boʻlishi bilan birga siyosiy ahvolni toʻgʻri baholab, harbiy kuchdan toʻgʻri foydalana olgan.

Takash qipchoq xoni Jonkishining qizi Turkon xotunga uylangan. Uning bilan birga kelgan qipchoqlar keyinchalik mamlakat tanazzuliga sabab boʻlgan.

Takash davrida Xorazmshoxdar davlati kuchaygan. U oʻgʻli Qutbiddin Muhammadga markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qoʻshinni meros qoldirgan.

  • Buniyodov 3., Anushtagin — Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998; Tanoriy O., Jaloliddin Xorazmshohva uningdavri, T., 1998; Nasavi y Sh., Sulton Jaloliddin Manguberdi tarixi, T., 2000. Neʼmat Polvonov.
Takash AnushteginiylarTavalludi:  ? Vafoti: 1200 Humkdorlik unvoni OldingisiTojiddin Elarslon Xorazmshohlar davlati hukmdori 1172–1200 KeyingisiAlovuddin Muhammad



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Takash
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?