Soʻk
Soʻk — oqlangan tariq. Dehdonchilik bilan shugʻullanadigan aholi oʻrtasida juda qadimdan tayyorlangan. Xonaki usulda soʻk olish usuli: tariq katta qozonda bir qaynatib olinadi, yoyib quritiladi, qozonda qovuriladi. Qovurilgan tariq oʻgʻirda yanchib oqlanadi. Soʻkni sutga (6—8 soat) ivitib isteʼmol qilish mumkin, undan talqon, soʻk oshi tayyorlanadi.
Hozirgi davrda yorma sanoati korxonalari tomonidan oqlangan xom soʻk (yorma) savdo doʻkonlarida sotiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.