For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Shukrullo.

Shukrullo

Shukrullo Yusupov

Shukrullo 1971-yilda
Tavalludi 2-sentyabr 1921-yil
Vafoti 19-iyul 2020-yil(2020-07-19)
(98 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Shukrullo (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1921.2.9, Toshkent — 2020-yil 19-iyul[1]) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1981) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Shukrullo Yusupov 1921-yil 2-sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi – Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli shifokor boʻlgan. Onasi – Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan. Shoir pedagogika bilim yurti (1935–1938) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938-yil Qoraqalpogʻistonda, 1939–1945-yillarda Toshkentda oʻqituvchilik qilgan. Keyin Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi (1945–1949), Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945–51; 1955–65). 1951-yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).

Sheʼriy toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk sheʼrlar toʻplami – „Birinchi daftar“ (1949). Shundan keyin uning „Qalb qoʻshiqlari“ (1949), „Hayot ilhomlari“ (1959), „Umrim boricha]]“ (1960), „Inson va yaxshilik“ (1961), „Inson – inson uchun“ (1964), „Zarralar“ (1973), „Suyanchiq“ (1977), „Yashagim keladi“ (1978), „Sening baxting“ (1988), „Toʻkilgan dardlarim“ (2001) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Shukrullo lirik sheʼrlarida sevgi va vafo, mehr va oqibat singari insoniy qadriyatlarni ulugʻlab, kitobxonda yalqovlik, loqaydlik, kalondimogʻlik, hasadgoʻylik, gʻarazgoʻylik kabi illatlarga nisbatan nafrat tuygʻusini uygʻotishga intilgan. Lirik qahramonning ruhiy olamida kechgan va kechayotgan evrilishlarni inson va jamiyat, inson va tabiat oʻrtasidagi uzviy aloqani tasvirlash orqali koʻrsatib bergan.

Shukrullo „Chollar“ (1948), „Rossiya“ (1956), „Ikki qoya]]“ (1964), „Tong otari“ (1966), „Gul va otash“ (1972), „Koʻngil chirogʻi“ (1975), „Asr bahsi“ (1985) va boshqa dostonlarni yozgan. Shoirning bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklari „Bahor sovgʻasi“ (1962), „Yulduzlar“ (1964) sheʼriy toʻplamlaridan oʻrin olgan. „Xatarli yoʻl“ (1962), „Tabassum oʻgʻrilari“ (1964), „Toʻydan keyin tomosha“ (1980), „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ (1982), ustoz yozuvchilarning ijodi tajribalari toʻgʻrisida bahs yurituvchi „Javohirlar sandigʻi“ (1983) essesi, qatagʻon davri dahshatlari haqidagi „Kafansiz koʻmilganlar“ (1989) avtobiografik qissasi, „Qasosli dunyo“ (1994) publitsistik maqolalar toʻplami, Ubaydulla Xoʻjayev toʻgʻrisidagi „Tirik ruhlar“ (1999) roman-xronikasi muallifi. Shukrulloning „Xatarli yoʻl“, „Tabassu oʻgʻrilari“, „Unsiz faryod“, „Toʻydan keyin tomosha“, „Janjal“, „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ singari sheʼriy, nasriy dramalari bor.

Shukrullo Karlo Gotssining „Baxtiyor gadolar“ pyesasi, Shukrullo Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz tillarida nashr etilgan.

Nashr qilingan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yilda bir jildlik, 1973-yilda 2 jildlik, 1977-yilda „Javohirlar sandigʻI“ badia-kitobi, 1981-yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997-yilda „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ dramalar toʻplami chop etildi. 1991-yilda „Kafansiz koʻmilganlar“ va rus tilida (Moskvada) „Krik dushi“ pyesalar toʻplami bosildi. 1999-yilda „Tirik ruhlar“, 2002-yilda „Ogʻir kunlar sevinchi“ qissa va romanlari nashr etildi.[2]

Shukrullo „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1994). „Doʻstlik“ (1994) va „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.[3]

  • Shukrullo. Kafansiz koʻmilganlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991.
  • Shukrullo. Tirik ruhlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼatnashriyoti, 1999.
  • Shukrullo. Izbranniye stixotvoreniya. Moskva. „Xudojestvennaya literatura“, 1987.
  • Rahimjonov Nuʼmon. Shoir va davr. Monografiya. T.: „Fan“, 1983.
  • Umrboqiylik (Shukrullo hayoti va ijodi haqidagi maqolalar toʻplami). T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2002.
  • Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1973–1974; Oʻgʻrini qaroqchi urdi (pyesalar), T., 1995; Tirik ruhlar, T., 1999; Toʻkilgan dardlarim, T., 2001; Ogʻir yillar quvonchi, T., 2003.



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Shukrullo
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?