For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Shirin Sharipov.

Shirin Sharipov

Shirin Sharipov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 18-dekabr 1989-yil
Sport
Qaysi sport dzyudo
Medallar

Shirin Xomitovich Sharipov (tugʻ. 18-dekabr 1989-yil) — oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 100 kg gacha va 100 kg dan yuqori vazn toifalarida kurash olib boradi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Para-Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionatlari gʻolibi va sovrindori, Islom birdamlik oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempionati sovrindori, Jahon oʻyinlari sovrindori.

2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida 100 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u oʻyinlarning bronza medalini qoʻlga kiritdi[1]. Koloradoda (AQSh) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2015-yilda Seulda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Butunjahon oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 100 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 kg gacha vazn toifasida u ozarbayjonlik dzyudochi Kanan Abdulxanlini[4][5]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sharipovni "Jasorat" medali bilan taqdirlagan[6].

2017-yilda Boku shahrida (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida parasportchilar oʻrtasida 100 kg dan ortiq vazn toifasida u finalda ozarbayjonlik dzyudochi Kanan Abdulxanlini magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[7]. Toshkent shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida u 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Choy Gvang Geunga imkoniyatni boy berdi[8].

2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida 100 kg dan ortiq vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Mohammadrez Xeyrollahzodani magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[9]. Oʻsha yili Lissabonda (Portugaliya) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va nogironlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[10]. 2019-yili Atirau shahrida (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 100 kg dan yuqori vazn toifasida u qitʼa chempioni boʻldi[11].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida yarim finalda gruziyalik Revaz Chikoidzega yutqazib qoʻygandi. Bronza medali uchun kurashda u ikki karra Olimpiada chempioni ozarbayjonlik Ilhom Zakievga imkoniyatni boy berdi[12].

  1. „JudoInside - Asian Para Games Incheon Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. „JudoInside - IBSA World Championships Colorado Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  3. „JudoInside - IBSA World Games Seoul Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  4. https://www.paralimpicos.es/archived/web/2016RIOPV/deportes/judo/Rio_2016_PG_Judo_Results_Book_V1.1.pdf
  5. „Uzbekistan takes it all, stunning judo results at Paralympics“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  6. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  7. 2017-05-15 08:31:00. „Баку-2017: Два золота парадзюдоистов Узбекистана“ (ru). sports.uz (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.[sayt ishlamaydi]
  8. „JudoInside - IBSA Asian Championships Tashkent Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  9. „JudoInside - Asian Para Games Jakarta Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  10. „JudoInside - IBSA World Championships Lisbon Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  11. „JudoInside - IBSA Asian and Oceania Championships Atyrau Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  12. Tokyo 2020 Summer Paralympic Games | IPC | International Paralympic Committee (PDF), 2021-08-29da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-11-23
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Shirin Sharipov
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?