For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Lazar Rempel.

Lazar Rempel

Lazar Rempel
Tavalludi 6 (19) noyabr 1907 va 1907
Vafoti 27-aprel 1992 va 1992
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, SSSR va Rossiya

Lazar Izrailevich Rempel (1907.7.11, Kishinyov – 1992, Moskva) – Markaziy Osiyo sanʼatshunosligi boʻicha yirik mutaxassis.

Sanʼatshunoslik doktori (1963), professor (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Moskva sanʼat universitetini tugatgan (1931). 1937-yildan Buxoro, Samarqand, Jambul muzeylarida, bir qancha arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashib, Oʻrta Osiyo xalqlari sanʼati tarixini oʻrgangan. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimining mudiri (1954—84). Asosan, Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo sanʼati, meʼmorligi tarixini oʻrganishga bagʻishlangan asarlarida Oʻzbekiston meʼmorligi bezagi, tuzilishi tarixi va nazariyasi masalalarini yoritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).

1924-yildan Lazar Rempel Simferopoldagi Taurida markaziy muzeyida stajyor, keyin tadqiqotchi va soʻngra boʻlim boshligʻi edi. 1928-yilda u Moskvaga boradi va 1931-yilda Moskva davlat sanʼat universitetini tugatadi. 1931—1933-yillarda Davlat sanʼat tarixi akademiyasining aspirant boʻlgan. Shu bilan birga, 1930—1931-yillarda Sharq madaniyati muzeyida, 1931—1934-yillarda Kommunistik akademiyasi Adabiyot va sanʼat institutida ilmiy xodim boʻlgan. 1934—1937-yillarda Butunjahon madaniyat institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1935—1936-yillarda Moskva falsafa, adabiyot va tarix institutida dars bergan.

L.Rempel talabalik yillaridayoq Oʻrta Osiyo sanʼatiga qiziqib qolgan va 1930-yilda oʻzining „Национальная архитектура в Средней Азии“ (Искусство в массы, 1930-yil, 8-son) nomli birinchi ilmiy asarini nashr etgan. Xuddi shu mavzudagi bir qator maqolalar: „Архитектура Ислама“ (Arxitektura akademiyasi, № 3, 1935 yil), „К итогам международного конгресса по иранскому искусству“ (Академия архитектуры, 1935 yil, № 6), „Мавзолей Измаила Саманида“ (Академия архитектуры, 1936-yil, 5-son), „Архитектура Хивы“ (Архитектура СССР, 9-son, 1936-yil). 1932-yilda u oʻzining birinchi monografiyasi „Живопись Советского Закавказья“ ni nashr etdi, uch yildan soʻng „Архитектура послевоенной Италии“ nashr etildi.

1937-yilda L. I. Rempelning turmush oʻrtogʻi sanʼatshunos T. V. Vyaznikovseva hibsga olindi va Rempelning oʻzi – vatan xoinining oilasi aʼzosi sifatida oʻsha yili Buxoroga surgun qilindi. Buxoroda 1937-yil iyulidan boshlab fotosuratchilik bilan shugʻullangan[1]. Soʻngra Buxoro muzeyida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1939—1948-yillarda Samarqand viloyati muzeyi ilmiy xodimi boʻlgan[2]. 1948-yilda Jambulga (Qozogʻiston) koʻchirilgandan soʻng oʻrta maktabda chizmachilik oʻqituvchisi va 1954-yilda reabilitatsiyasiga qadar Jambul viloyat muzeyi ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1954-yildan Toshkent shahrida yashagan. 1955-yildan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida arxitektura, tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimi mudiri boʻlgan. Shu bilan birga, 1957—1961-yillarda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik instituti (hozirgi M.Uygʻur nomidagi sanʼat instituti) professori, sanʼat tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri ham boʻlgan. Butun Oʻzbekiston boʻylab Buxoro, Fargʻona, Samarqand va boshqa shaharlarning qadimiy arxitekturasini, shu jumladan, respublikaning saqlanib qolgan barcha masjidlarini oʻrganish maqsadida bir qancha badiiy-tarixiy ekspeditsiyalar tashkil qilgan. 1990-yilda Rempel Moskvaga koʻchib ketgan.

  • Pandjara. Arxitekturnie reshyotki i ix postroyeniye, T., 1957;
  • Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Uzbekistana, T., 1958 v soavtorstve);
  • Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960 (v soavtorstve);
  • Arxitekturniy ornament Uzbekistana, T., 1961;
  • Reznoy shtuk Afrasiaba, T., 1971 (v soavtorstve);
  • Dalekoye i blizkoye, T., 1981.



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Lazar Rempel
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?