For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Nabi Rahimov.

Nabi Rahimov

Nabi Rahimov
Tavalludi 7-noyabr 1911-yil
Vafoti 23-noyabr 1994-yil(1994-11-23)
(83 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1918 — 1994
Mukofotlari

Nabi Rahimov (1911.7.11, Qoʻqon 1994.23.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Oʻzbek davlat drama teatri qoshidagi drama studiyasida oʻqigan (1929). 14 yoshidan Qoʻqon teatri spektakllarida qatnashgan. 1929—94 yillar Hamza teatrida ishlagan. R. harakterli va hajviy rollarni alohida muvaffaqiyat bilan oʻynagan, lekin aktyor repertuarida dramatik fojiaviy obrazlardan tortib, lirik qahramonlargacha mavjud. Uning sahna obrazlarida milliy xalq teatri anʼanalari zamonaviy professional sanʼat tajribasi bilan uygʻunlashib ketgan. U yaratgan obrazlarda hozirjavoblik, oʻtkirsoʻzlik, hazil va badihaga chapdaslik asosiy omil boʻlib, yorqin milliy kolorit, yengil yumori, tashqi koʻrinishining aniq ifodasi, mukammal ijrosi bilan ahamiyatlidir. R. garchi oʻz faoliyatini komik va harakterli aktyor sifatida boshlagan boʻlsada, keyinchalik mavjud yoʻnalishlarning barchasidan eng yaxshi xususiyatlarni oʻzlashtirish va oʻz uslubiga singdirish yoʻlidan bordi. "Xolisxon"da Norboyvachcha, "Ona"da Boltaboy, "Mehmonxona bekasi"da Rippofratta, "Revizor" da Xlestakov, "Uylanish"da Bobchinskiy, "Shohi soʻzana"da Qoʻziyev, "Ogʻriq tishlar"da Marasul, "Hamlet"da Laert kabi obrazlarni 30—50-yillarda yaratdi. Ayniqsa, "Otello"dagi Yago obrazi aktyor yaratgan eng sara obrazlar sirasiga kiradi. Yago obrazi aktyor ijodida nainki satirik tusli, balki kuchli ruhiydramatik kechinmalar namunasidir. Boʻriboy ("Togʻa va jiyanlar"), Bobo Kayfiy ("Mirzo Ulugʻbek"), Shokir ota ("Qutlugʻ qon"), Olbeni ("Qirol Lir") kabi 60-yillarda yaratgan obrazlari eng yaxshi psixologik kuchli rollardir. Keyingi yillar yaratgan Urganjiy ("Buxoro"), Sayd Karimov ("Komissiya"), Ota ("Gʻariblar"), Saʼdiyev ("Oʻn uchinchi rais") singari obrazlari ijtimoiy oʻtkirligi, jisman sokin, ruhan joʻshqinligi, chuqur psixologik talqini bilan alohida eʼtiborga molikdir. Urganjiy obrazi R. ijrosidagi eng murakkab va barkamol obrazlardan biri. Aktyorning oʻtkir ijrosi, murakkab ruhiy kechinmalarni yuzaga chiqarishi, bosiq ohanglar bilan juda katta maʼnoga erishishi diqqatga sazovordir.

R. oʻzbek kinosi rivojiga salmoqli hissa qoʻshganlardan: Aliyev ("Stadionda uchrashamiz"), Turdiyev ("Maftuningman"), Choyxonachi ("41yil olmalari"), Bobo Kayfiy ("Ulugʻbek yulduzi"), Shoqosim ("Qutlugʻ qon"), Us t a Olim ("Oʻtgan kunlar"), Shoh ("Semurgʻ"), Safar boʻzchi ("Mehrobdan chayon"), Us t a Boqi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni") va boshqa obrazlari bilan kino oltin fondidan oʻrin oldi. Shuningdek, videofilm va telespektakllarda ham suratga tushgan: "Kutlugʻ qon" (Yormat ota), "Diyonat" (prof. Shobaratov), "Hamma narsa odamlarga qoladi" (akad. Drozdov), "Bobur" (Muhammadjon) va boshqa shular jumlasidan. R. haqida "Nabi Rahimov hayotida ikki kun", "Uchrashuv" videocherklari ishlangan. 1950—65 yillar Sanʼat institutida dars bergan.

Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).

Ad.h Rizayev O., Nabi Rahimov, T., 1997. Omonulla Rizayev.[1]

7-noyabr 1911-yil 7-noyabrda Fargʻona viloyati Qoʻqon shaxrida tugʻilgan. 1918-yildan beri ijod bilan shugʻullanib kelmoqda. Arkestrda klarnet chalishni oʻrgangan. 19261929-yillarda Qoʻqon partiya klubi teatrida aktyor boʻlgan.

Toshkentda joylashgan Davlat oʻzbek drama teatri qoshidagi Hamza drama studiyasida tahsil olgan (1929).

1929-yildan umrining oxirigacha — Davlat oʻzbek drama teatri aktyori (hozirgi Hamza nomidagi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri, 2001-yilda qayta nomlangan).

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi. 1941-yilda harbiy maktabga ishga qabul qilingan. 1942-yildan 1943-yilgacha - Oʻzbekiston rassomlarining front brigadalari tarkibida.

1943-yildan beri yuzdan ortiq filmlarni dublyaj qilishda ishtirok etgan.

Sahnada va kinoda u komediyachi va fojiali aktyorning koʻp qirrali isteʻdodini namoyish etdi.

19461961-yillarda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr sanʼati institutida oʻqituvchi boʻlgan (hozirgi Toshkent sanʼat instituti).

Oʻzbek radiosining yakshanba tongida „Tabassum“ koʻrsatuvining tashkilotchilaridan biri va doimiy ishtirokchisi.

Oʻzbekiston SSR Kinematografchilar uyushmasi aʼzosi.

1945-yildan KPSS aʼzosi.

1994-yil 23-noyabrda Toshkentda vafot etgan. Chigʻatoy qabristoni dafn etilgan[2].

Ermund ismli oʻgʻli bor.

Unvonlar va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodiy faoliayti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Hamza drama teatri Shekspirning Otello asari asosida sahnalashtirilgan spektaklida „Yago“ rolini ijro etganidan keyin katta eʼtirofga sazovor boʻldi (Otello - Abror Hidoyatov, Dezdemona - Sora Eshontoʻrayeva). Uning teatrdagi rollari oʻzbek sahnasining klassikasiga aylantirdi: Tixon ("Momaqaldiroq" Aleksandr Ostrovskiy), Truffaldino (Malika Turandot C. Gozzi), Barclay Cooper ("Bundan keyin - sukunat ..." Xelen va Nuh Liri), Laertes ("Gamlet" U. Shekspir), Mamadali ("Xavfli hazil" Uygʻun)

Kinodagi eng mashhur rollari: Bobo Kayfi ('Ulug'bek yulduzi'), Hamzaning otasi (Olovli yoʻllar), General A'zamov (Jimjitlik kodeksi").

  • Muqaddas qon - Yarmat ota
  • Diyonat - Professor Shobaratov
  • Hamma narsa odamlar uchun qoladi - akademik Drozdov
  • Bobur - Muhammadjon

Filmlarda ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1976-yil - Minoralar ostidagi sirk (hujjatli film)
  • 1986-yil - Rassom hayotida ikki kun (hujjatli film)
  • Uchrashuv
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Некрополь“. 2009-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-oktyabr.
  3. „Архивированная копия“. 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 23 avgust 2004 года № УП-3472 «O‘zbekiston fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻhgan fan, adabiyot va san’at arboblarini vafotidan keyin mukofotlash toʻgʻra
  5. UP от 23 noyabr 1991 года № 294 «Rassomlarni Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash toʻgʻrisida



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Nabi Rahimov
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?