For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Jalil Rahimov.

Jalil Rahimov

Jalil Rahimov
Tavalludi 1915-yil 1-may
Vafoti 1985-yil 5-aprel
Andijon
Kasbi Aktyor
Unvoni

Jalil Rahimov (1915-yil 1-may, Andyukon tumani Hartum qishlogʻi – 1985-yil 5-aprel, Andijon) – Oʻzbekiston xalq artisti (1960)[1]. Andijon viloyati musiqali drama teatrida spekttakllarda 200 ga yaqin turli xil obrazlarni yaratgan[2].

Jalil Rahimov 1915-yil 1-may kuni Andijon viloyatida Andyukon tumani Hartum qishlogʻida tavallud topgan. Otasining vafotidan soʻng yetim qolgan. 1928-yili Jalil Rahimovni Andijon shahridagi birinchi sonli bolalar uyiga berishgan[2]. 1931-yilgacha ushbu maskanda tarbiya qilingan[2]. Bolalik davrlarida teatr sanʼatiga qiziqqan.

Jalil Rahimov 1931-yili Toshkentdagi teatr sanʼati bilim yurtiga oʻqishga kirgan va u yerda toʻrt yil taʼlim olgan. Oʻqishni tamomlagach, 1934-yildan Andijon teatrida aktyor boʻlib ishlagan.

Jalil Rahimov Abbos Bakirov Soyib Xoʻjayev, Umar Abdullayevdan hamda boshqa tajribali sanʼatkorlardan, respublika artistlaridan, qolaversa, rus klassiklaridan sanʼat sirlarini oʻrgangan[2].

Jalil Rahimov Komil Yashinning „Tormor“ spektaklida Turgʻun obrazini ijro etgan. Ozarbayjon yozuvchisi Hojibekovning „Arshin mol-olan“ komediyasidagi Vali rolini muvaffaqiyatli ijro etgan[2].

Jalil Rahimov repertuari Komil Yashinning „Yondiramiz“ pyesasida Tesha, Hamzaning „Xolisxon“ asarids Norboyvachcha, Sobir Abdullaning „Bogʻbon qizi“ da Turon, „Tohir va Zuhra“ spektaklida Tohir, „Maysaraning ishi“ da Mulladoʻst, „Romeo va Julyetta“ da Merkununno, Izzat Sultonning „Burgutning parvozi“da Joʻra, „Toshbolta Oshiq“ spektaklida Toshbolta, "Dil koʻzgusi spektaklida esa Samarzoda singari turli-xil obrazlarni sahnada ijro etgan[2].

Jalil Rahimov hazil qoʻshiqlar ijrochisi ham boʻlgan.

Jalil Rahimov ijodiga hajviy obrazlar yaqin boʻlib, tashqi boʻrttirish, taʼriftavsiflarning keskinligi, oʻtkir qochirimlar uning qahramonlariga xosdir[1]. „Farhod va Shirin“ spektaklidagi Yosuman, „Gulsara“ spektaklidagi Otinbuvi kabi kampirlar va „Revizor“da Osip, „Nomus va muxabbat“ komediyasida Oqilmirza kabi hajviy obrazlarni, keyinchalik „Besh soʻmlik kelin“ splektaklida Kablayi, „Burgutning parvozi“da Joʻra, „Muhabbat“ splektaklida Yetov, „Shohi soʻzana“, „Ogʻriq tishlar“da Qoʻziyev, Marasul, „Toshbolta oshiq“ spektaklida Toshbolta, „Qaroqchilar“ asarida esa Roller singari obrazlar yaratgan.

Jalil Rahimov filmlarda ham suratga tushgan[1]. U „Hamza“, „Natashaxonim“ kabi boshqa filmlarda ham rol ijro etgan[1].

Jalil Rahimov 1985-yil 5-aprel sanasida Andijon viloyatida vafot etgan.

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalil Rahimov 1960-yili „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 226-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil. 



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Jalil Rahimov
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?