For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Rafael.

Rafael

Rafael [asli Rafaello Santi (Sansio), Rafaello Santi (Sanzio)] [1483.26 yoki 28.3 (ayrim manbalarga koʻra, 6.4), Urbino — 1520.6.4, Rim] - italyan rassomi va meʼmori; Rafael sanʼatida Yuksak Uygʻonish davriga xos boʻlgan goʻzallik va mukammal dunyo haqidagi ilgʻor qarashlar, hayotbaxsh ideallar uygʻunlikda oʻta aniqlik bilan mujassamlashgan. Ilk asarlaridayoq manzara bilan uygʻunlashgan nafis shakllar Rafaelning yuksak iqtidoridan darak beradi ("Ritsar uyqusi", Milliy galereya, London; "Madonna Konestabile", Ermitaj — taxminan 1500—02), "Mariyaning nikohi" asari (1504, Brera) fazoviy yechimi jihatidan ustozi Perujino asarlariga yaqin. 1504—08 yillar Florensiyada yashab, buyuk sanʼatkorlar (Leonardo da Vinchi, F. Bartolommeo va boshqalar) ijodi, anatomiya va perspektivani oʻrganadi, dramatik voqealarga boy asarlar yaratadi ("Tobutga qoʻyish", 1507, Borgoze gal., Rim va boshqalar), koʻplab yaratgan madonnalari unga katta shuhrat keltirdi: "Madonna Granduka" (Pitti, Florensiya), "Bog'bon madonna" (Luvr, Parij) va boshqa 1508-yildan papa Yuliy II taklifi bilan Rimda yashab, ijod qiladi, antik yodtorliklar bilan tanishadi, arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi. Vatikan saroyida devoriy rasmlar turkuminl yaratadi: ularda ozodlik gʻoyalari va insoniy baxt, insonni har tomonlama jismoniy oʻsishi va ruhiy imkoniyatlarini tarannum etadi, saroy zal (stans)lariga ishlagan freskalari rassomlik sanʼatida monumental rangtasvirning katta yutugʻi, tasviriy sanʼatning meʼmorlik bilan uygʻunligining eng yaxshi namunasi boʻldi. Jumladan, Della Senyatura zalida inson faoliyatining 4 sohasi — din ("Munozara"), falsafa ("Afina maktabi"), sheʼriyat ("Parnas"), huquq ("Aql, Mezon va Kuch")ni tasvirlaydi qamda plafonda shu kompozitsiyalarga mos injil va afsonalar mazmuniga oid majoziy shaklli kompozitsiyalar yaratib, ulkan isteʼdod egasi sifatida shuxrat qozondi. Rimda Rafael yetuk portretchi sifatida namoyon boʻddi: "Papa Yuliy II" (taxminan 1510), "Kardinal portreta" (taxminan 1512), "B.Kastilone" (1515—16), "Lev X kardinallar bilan" (taxminan 1518) va boshqa; "Madonna Alba" (taxminan 1510—I), "Madonna di Folino" (taxminan 1511—12) kabi madonnalar tasvirida ulugʻ tuygʻu — onalik tuygʻusini bera oldi, ayniqsa, "Sikst madonnasi" (1515—19) eng mukammal asar sifatida xavotirlik va oʻta nafosat tuygʻusini uygʻunlashtirgan.

Rafaelning meʼmorlikdagi faoliyati muhim ahamiyatga ega boʻldi; meʼmor Barmante boshlagan Rimdagi Avliyo Pyotr sobori qurilishiga uning vafotidan soʻng Rafael rahbarlik qildi, qurilishni oʻzining yangi bazilikali loyihasi asosida davom ettirdi. Vatikandagi bir necha binolar Rafael rahbarligida qurilgan, uning loyihasi va rasmlari asosida koʻp binolar, ayniqsa, yirik saroylar barpo etilgan; har bir saroyga oʻziga xos qiyofa va bezaklar berishga intilgan [Rimda Rafael loyihasi asoida aylana tarxli SantElijo deli Orefichi cherkovi (1509-yildan), SantaMariya del Popolo cherkovining nafis Kiji kapellasi (1512—20) va palatssolar qurilgan], u qurgan binolar salobatliligi va interyerlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Uzoq vaqtlar davomida betakror sanʼat namunasi mavqeini saqlagan Rafael ijodiga keyingi davr ijodkorlari ideal sanʼat namunasi sifatida takrortakror murojaat etdilaRafael[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Rafael
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?