For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Qoraqalpoq adabiyoti.

Qoraqalpoq adabiyoti

Qoraqalpoq adabiyoti (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaq ádebiyatı) – qoraqalpoq xalqi yoki boshqa millat vakillarining qoraqalpoq tilida ijod qiladigan adabiyoti.

Qadimiy va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, haujar, juqlov, yaramazon, gulapsan va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, tulgov, terma, dostonlar kiradi.

Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamish“ dostoni. Shuningdek, „Edige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur.

Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi shoir Jiyen jirovning (1730-1784) faoliyati muhim ahamiyatga ega.[1] Oʻzining „Ulugʻ togʻ“, „Pusgan el“ dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelishiga shoirning yana bir „Xush boʻling, doʻstlar“ sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan.[2] Ajiniyozining ijodi 19-asrda ijod qilgan qoraqalpoq shoirlari yetakchi oʻrinni egallaydi.[3] Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, o'zbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828-1902), Qulmurot Qurbon oʻgʻli (1845-1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi.

20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A.Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K. Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. Daribayev, A. Shomuratov, S. Qurboniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, ta'lim, mehnat, tabiat, xalqlar doʻstligi, ayollar tengligi va boshqa umuminsoniy masalalar asosiy mavzulardan biri boʻldi. 20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuhammad oʻgʻli (1885-1950), A. Dabilov, S. Nurim- betovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng tasvirlangan. 1940-1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targʻibot yoʻnalishidagi publistik asarlar bilan feleton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi.[4]

1960-1980-yillarda qoraqalpoq dramaturgiyasida P. Tulegenovning „Onalar“, „Koʻlanka“, „Inson taqdiri“, J. Aymurzayev-ning „Berdaq“, „Qadrdon doktor“, S. Hojaniyozovning „Suymaganga suykanma“, „Ahmoq podsho“ pyesalari muhim ahamiyat kasb etadi.

1970-1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K. Rahmonovning (1942-2002) „U dunyoga taklif“ tragiko- mediyasi, „Injiqning muhabbati“ komediyasi, I. Yusupovning „Ajiniyoz“ operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. 1970-1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G. Yesemuratova, U. Pirjanov, A. Atajonov, J. Seytov, S. Bahodirova, X. Hamidov, K. Mambetov, O. Bekbaulov, I. Qurbonboyev, S. Soliyev, M. Qayipov kabi yozuvchilar bilan boyidi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T. Qayipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi.

  1. Jiyen jirov (taxminan 1730-1784) – qoraqalpoq xalq baxshisi. Sirdaryoning oʻng irmogʻi – Jangadaryo boʻyida kambagʻal oilada tugʻilgan. Baliqchilik bilan shugʻullangan. Ilk yaratgan sheʼr va qoʻshiqlarida ijtimoiy haqsizlik, baʼzi amaldorlarning kirdikorlarini fosh etgan.
  2. Kunxoʻja Ibrohim oʻgʻli (1799—1880)— qoraqalpoq shoiri. Qoraqalpoqlarning Xorazmga kelib oʻrnashganlaridan soʻng keyingi birinchi shoiri, baxshisi, xalq manfaatini kuylovchi klassik shoiri. Kunxoʻjaning tarjimayi holi bilan bogʻliq maʼlumotlar uning asosan „Jarimadim“ ,Yozloqim" qoʻshiqlarida oʻz aksini topgan Shoirning yashagan joylari Qoraqalpogʻistonning shimoliy tomoni,Taxtakoʻpir tumani hududi Orol dengizining boʻylari,Teris toʻbe, Uzun xayr, erjan otov,Toʻxtas mantiq boʻylarida boʻlgan.
  3. Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli (taxallusi Zevar) (1824 – Moʻynoq tumani – 1878) – qoraqalpoq shoiri. Eski maktabda, soʻngra Xivadagi Shergʻozixon madrasasida oʻqigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan boʻlib oxund darajasiga erishgan. Oʻzbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan.
  4. Feleton-(fransuzcha.feuilleton-varaq, sahifa) – badiiy-publisistlik janr, dolzarb mavzuda yozilgan tanqidiy ruhdagi, koʻpincha hajviy-satirik yoʻnalishdagi asar. Feleton atamasi publisistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqir ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi oʻn toʻqqizinchi asr oxirlariga toʻgʻri keladi.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Qoraqalpoq adabiyoti
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?