For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Qora quti.

Qora quti

Qora quti ovozni yozib oluvchi uskuna va parvoz maʼlumotlarini qayd etuvchi detektordan iborat qurilma boʻlib, manashu ikki moslama umumiy qilib qora quti deb ataladi.[1]

Ovozni yozib oluvchi uskuna. Parvoz qaydi, ochilmasin yozuvi yozilgan. ing.: FLIGHT RECORDER DO NOT OPEN

Uning rangi esa umuman qora emas, balki zargʻaldoq rangda boʻladi. Uni qora deyilishi esa halokatlar bilan bogʻliq. Hozirgi tijoriy va korporativ laynerlarning barchasi ushbu qurilma bilan jihozlangan boʻladi.

Ishlash prinsipi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qora qutidagi ovoz yozish uskunasi uchuvchilar nima deyayotgani hamda atrofdagi boshqa ovoz va shovqinlarni yozib oladi. Bu esa uchuvchilarning ohirgi soʻzlari nima boʻlgani, halokatga nima sabab boʻlgani aniqlash hamda imknonini beradi. Parvoz maʼlumot detektori esa vaqt, parvoz balandligi, tezlik hamda samolyot qay tarafga uchayotgani haqidagi maʼlumotlarni qayd etib boradi.

Hozirgi zamonaviy detektorlar yuqorida sanab oʻtilganlarga qoʻshimcha ravishda boshqa koʻplab maʼlumotlarni qayd etib borish imkoniyatiga ega. Qora quti oʻzida ohirgi 25 soatlik maʼlumotlarni saqlab qola oladi. Quti topilgach, unda saalanib qolgan maʼlumotlar mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, halokat sabablari ommaga eʼlon qilinadi. U odatda samolyot dum qismiga oʻrnatiladi.

Qora qutiga ULB deb nomlangan uskuna oʻrnatilgan boʻlib, quti suvga tushishi yoki yerga urilishi bilan haraktga kelad va signal yuborishni boshlaydi. U 426 metr chuqurlikdan signal bera oladi. Qora quti juda mustahkam qilib ishlangan boʻlib, u −55° sovuq hamda +70 °C daraja issiqqacha chidamli korpusga ega. Hatto portlash zarbi yoki yongʻin ham quti ichidagi detektorlarga zarar yetkazmay, maʼlumotlarni bus-butun saqlanishini taʼminlaydi. Lekin, baʼzida qutining signal yuboruvchi qismi ishdan chiqib, quti topilishini ancha qiyinlashtirishi mumkin. Baʼzida qora quti umuman topilmasligi yoki uzoq vaqtda topilishi mumkin.

2009-yilda Air France aviokompaniyasiga tegishli Airbus A330-203 layneri Rio de Janeirodan Parijga uchayotib bortida 216 yoʻlovchichisi bilan Atlantika okeaniga qulab tushdi. Halokatda hech kim tirik qolmadi. Uning qora qutisini topishga esa 2 yil vaqt ketdi va tahlillar natijasi halokatga uchuvchi sabab boʻlganini koʻrsatdi.

Qora quti Avstarliyalik olim Devid Uorren tomonidan 1950-yillarda ixtiro qilingan boʻlib, bu ixtiroga uning Comet nomli samolyot halokatini tekshirishga jalb qilinishi sabab boʻlgan. 1957-yilda birinchi qora quti uskunalari ishlab chiqarildi hamda 1960-yilda Avstraliyada sodir boʻlgan sirli halokat uning birinichi sinovdan oʻtishi boʻldi. Halokat siri qora quti yordamida osonlikcha tushuntirib berilgach, bunday qutilarni barcha samolyotlarga oʻrnatishni boshladilar.

  1. QORA QUTI NIMA OʻZI?[sayt ishlamaydi]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024)
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Qora quti
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?