For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Qabr.

Qabr

Qabr, goʻr — marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Qabr har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiyilmiy tasavvurlari, diniy eʼtiqodlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Oʻliklarni koʻmadigan xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda ham Qabrning lahad, kamin, tik chuqur va sagʻana tiplari bor. Aksariyat yer osti suvlari chuqur boʻlgan qurgʻoq joylarda lahad qaziladi. Lahad tipidagi Qabrlar Oʻzbekistonda bundan 3500-yil ilgarigi jez davri qabristonlarida ham uchraydi.

Qabr tayyorlash uchun yerdan bir m3chamasi tik chuqur — "ayvoncha" qazib, uning bir burchagidan oʻlik boʻyi baravar gorizontal kavak — "lahad" kavlanadi, tuprogʻi tashqariga olinadi. Ulik qoʻyilayotganda goʻrkov lahad ichiga tushib, oʻlikning bosh tomonini qibla (gʻarb)ga qaratib yotqizadi. Lahadning teshigiga gʻisht, tosh, guvala, chim qalab bekitiladi, soʻngra "ayvoncha" tuproq bilan toʻldiriladi. Ortib qolgan tuproq Qabr ustiga tepa qilib uyiladi. Kamin (yoki kamgoh) tipidagi Qabrda yer bir metrdan ortiq tik va choʻzinchoq oʻra qilib qaziladi. Oʻra devori ostki yonidan uchburchak shaklida oʻyiladi. Oʻlik shu kamin (kamgoh)ga qoʻyiladi. Kamgoh ogʻzi gʻisht, guvala va boshqalar bilan bekitiladi, soʻngra Qabr tuproq bilan toʻldiriladi. Tik chuqur shaklidagi Qabrda yer oʻlik boʻyiga teng qilib kavlanadi, oʻlik chuqurga chalqancha yotqiziladi. Qabr ogʻziga katta yassi toshlar zichlab teriladi, soʻngra ustiga tuproq tortiladi. Sagʻana, asosan, yer osti suvlari yuza boʻlgan joylarda — Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan, Sagʻanada yer qazilmaydi. Oʻlik yer yuzasiga qoʻyiladi, uning ustiga pishiq gʻishtdan gumbazsimon sagʻana bino qilinadi. Qabrlarga qaytaqayta oʻlik qoʻyish, baʼzan bir oilaning erkaklarini bir Qabrga (oldin oʻlganlarning suyaklarini bir chetga surib, oʻrniga yangi oʻlikni sagʻanaga) qoʻyish odati boʻlgan. Xotinlar ham shunday tartib bilan qoʻyilgan. Baʼzi turkiy xalklarda, jumladan, oʻzbeklarda boy tabaqalar sagʻana qurdirib qoʻyish odati boʻlgan (yana qarang Daxma).




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Qabr
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?