For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Paleobotanika.

Paleobotanika

Paleobotanika (paleo… va botanika), paleofitologiya – botanikaning kazilma oʻsimliklarni oʻrganuvchi sohasi. P. qazilma oʻsimliklarning sistematikasi, tashki (morfologik) va ichki (anatomik) tuzilishi, Yer yuzida tarqalish qonuniyatlari, muhit bilan oʻzaro munosabatlari, rivojlanish tarixi, oʻzaro qarindoshligi, oʻsimlik qoplami almashinuvi qonuniyatlari kabi masalalarni oʻrganadi. P. maʼlumotlari sistematika, morfologiya, anatomiya, evolyusiya, filogeniya, geogr., geol.da nazariy masalalarni hal kilishga yordam beradi.

Odatda, tabiiy sharoitga moslashgan oʻsimliklar saqlanib qolgan, moslasha olmaganlari esa yoʻq boʻlib ketgan. Demak, qazilma oʻsimliklar geologik davrlardagi tabiat oʻzgarishlarini bildiruvchi meteorologik vosita hisoblanadi. Geologik va stratigrafik qazilma boyliklarni qidirishda P. maʼlumotlaridan foydalaniladi, chunki Yer poʻstidagi yoqilgʻilarning hammasi (toshkoʻmir, antrotsit va boshqalar), asosan, oʻsimlik qoldiklaridan hosil boʻlgan.

Tekshirish obʼyektlariga koʻra, P. quyidagi mustaqil tarmoklarga boʻlinadi: paleopalinologiya – qazilma oʻsimliklarning chang va sporalarini (kimyoviy usulda maxsus ishlangandan soʻng) mikroskop yordamida oʻrganadi; paleokarpologiya – oʻsimliklarning qazilma urugʻi, mevasi, danagi va meva poʻchoqlarini oʻrganadi; paleoks ilologiya – oʻsimlik yogʻochlarining koʻmir va toshga aylangan qoldiqlarini maxsus (shlift) tayyorlab, mikroskopda tekshiradi, ixnofitologiya – oʻsimlik bargi, shoxi, guli va koʻpayish organining togʻ jinslarida qolgan izini yoki epidermiya qoldiklarini oʻrganadi.

P.dan paleomikologiya va paleoalgologiya yoki paleofikologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Plankton qazilma suvoʻtlarni oʻrganish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Chunki organik dunyoning boshlangʻich rivojlanish bosqichlarini tushunishda qad. bakteriya, suvoʻtlarni oʻrganish juda muhim.

Oʻsimliklarning qazilma qoldiqlari qadimdan olimlar diqqatini jalb qilgan. Mas, miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Ksenofan Peros oroli togʻ yotqiziklaridan „lavr yaproqlari“ni topganligi haqida yozgan. Ammo oʻsimliklarning qazilma qoldiqlari va izlari ancha vaqtgacha tabiat ajoyiboti deb tushunilgan. Ammo ular bir vaqtda oʻsgan oʻsimliklarning qoldiqlari ekanligini dastavval Leonardo da Vinchi (15-asr oxiri) koʻrsatgan. P.ni alohida fan sifatida oʻrganishni fransuz olimi A. Bronyar boshlab bergan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida yangi kumir konlarining ochilishi tufayli koʻmir qatlamlaridagi oʻsimlik qoldiklarini oʻrganish imkoni tugʻildi.

Oʻrta Osiyoda P. bir qancha kumir konlari topilishi munosabati bilan rivojlandi. Bu yerda, ayniqsa, yura va uchlamchi hamda toʻrtlamchi davr qazilma oʻsimliklari yaxshi oʻrganildi. Oʻzbekiston hududida quruklikda oʻsgan oʻsimliklar – psilofitlar 360 mln. yil avval – devon davrida tarqalganligi aniqlangan. Karbon davrida oʻsimliklar olami birmuncha murakkablashgan; bu davrda qoz. qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar va ignabarglilarning qad. ajdodlari yashagan. Bu davrga oid 40 dan ortiq oʻsimlik qoldiklari Boʻkantogʻ, Zirabuloq, Hisor, Kurama, Oloy, Nurota, Turkiston va boshqa togʻlardan topilgan. Perm va trias davridan 80 ga yaqin, yura davridan esa 100 dan ortiq oʻsimlik turkumi aniqlangan. Oʻrta Osiyo koʻmir konlarining hosil boʻlishida bu oʻsimliklar muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyoda boʻr davriga kelib dengizning qisqarib, quruqlikning optishi bilan oʻsimliklar olamida katta oʻzgarishlar roʻy bergan. Ochiq urugʻli oʻsimliklardan yangi sharoitga moslasha olmaganlari yoʻq boʻlib ketib, – yopiq urugʻli oʻsimliklar rivojlangan. Oʻzbekiston hududida boʻr davrida paydo boʻlgan oʻsimliklardan tol, terak, chinor, tut, xurmo, qayragʻoch, anjir, chilonjiyda va boshqa hozirgacha saqlanib qolgan.

  • Krishtofovich A. N., Paleobotanika Uzbekistana, t. 1—2, T., 1968—71.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Paleobotanika
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?