For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Omsk viloyati.

Omsk viloyati

Omsk viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934-yilda tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Maydoni 139,7 ming km². Aholisi 2162,5 ming kishi (2000), asosan, ruslar (80,3%), shuningdek, nemis (6,3%), ukrain (4,9%), qozoq (3,5%), tatar (2,3%) va boshqa millat vakillari (2,7%) ham yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Tarkibiga 32 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 24 shaharcha ki-radi. Markazi – Omsk shahri. Boshqa yirik shaharlari – Isilkoʻl, Tara.

Omsk viloyati Gʻarbiy Sibir tekisligida Irtish daryosi havzasida joylashgan. Yer yuzasi qiya-toʻlqinsimon tekislik, balandligi 100–140 m, janubiy qismida qator tepa ("griva")lar, shimoliy qismida keng botqokliklar bor. Iqlimi kontinental, moʻʼtadil sovuq. Qishi davomli va qattiq yanvarning oʻrtacha temperaturasi –20°. Iyulniki 20°. Yillik yogʻin 300–400 mm. Vegetatsiya davri 153–162 kun. Daryolari Irtish havzasiga mansub. Koʻl koʻp, janubidagi koʻllar koʻpincha shoʻr, shimolida – chuchuk. Ulardan eng yiriklari – Ik, Tenis, Saltaim, Ebeyti. Tuproklari qora tuproq, podzol, oʻtloq, kulrang oʻrmon, chimli podzol. Oʻrmon va butazorlar viloyat hududining 1/4 qismini egallaydi. Qoraqaragʻay, oqqaragʻay, oq qayin, kedr, togʻ terak oʻsadi. Ayiq, boʻri, tulki, quyon, ondatra, gʻoz, oʻrdak yashaydi, baliq turi koʻp.

Sanoatining muhim tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (qarangh. mashinasozligi, motorsozlik, pri-borsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sanoatlari – "Polyot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Omsk" motorsozlik korxonasi, "Sibkriotexnika" va boshqalar), neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi (sintetik kauchuk, texnik rezina mahsulotlari, plastmassalar, Omsk neftni qayta ishlash zavodi, "Omskkauchuk" aksiyadorlik jamiyati, texnik uglerod zavodi; avtopokrishkalar – "Omskshina" va boshqa korxonalar). Yogʻochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Yirik sanoat markazlari – Omsk, Kalachinsk, Isilkoʻl, Tara va boshqa shaharlar.

Omsk viloyati Sibirning yirik qishloq xoʻjaligi rayonlaridan biri. Gʻalla, texnik (zigʻir) va ozuqa ekinlari, kartoshka va sabzavot ekiladi. Sut-goʻshtchorvachiligi rivojlangan. Moʻynali hayvonlar (olmaxon, ondatra va boshqalar) ovlanadi, darrandachilik bilan shugʻullaniladi. Irtish daryosida kema qatnaydi. Nijnevartovsk – UstBalik–Omsk neft quvuri oʻtkazilgan. Avtoyoʻllar zichligi 53 km/ming km². 9 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 4 teatr, filarmoniya bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Omsk viloyati
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?