For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Turi moliya, iqtisod
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1991
Joylashuvi Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 6
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vazir Jamshid Kuchkarov
Bosh mahkamasi Vazirlik
Vebsayti imv.uz
Til(lar)i Oʻzbek tili, Rus tili

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — Oʻzbekistonda iqtisodiyot va moliya sohasida boshqaruv organidir[1][2]

Vazirlikning funksiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • respublika yigʻma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli byudjetdan tashqari pul jamgʻarmalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamgʻarmalariga mablagʻ ajratish kvotalari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;
  • respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-byudjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi, moliya-byudjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
  • amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;
  • respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablagʻ bilan taʼminlashni va byudjet mablagʻlari hisobidan roʻyobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika byudjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
  • joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
  • xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • vazirlik auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi va auditorlik sertifikatini taqdim etadi. Tashkilot saytida auditorlik faoliyatiga oid maʼlumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtiriladi[3].

Vazirlikning vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning oʻsishini taʼminlash, moliya-kredit vositalarining xoʻjalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
  • respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yoʻnalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan yaxlit xalq xoʻjaligi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
  • rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli meʼyorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qoʻshib olib borish asosida moliya, sugʻurta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
  • moliya va narx mexanizmining aksil xarajat yoʻnalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish tomon yoʻnaltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni koʻpaytirish;
  • moliya, byudjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablagʻ bilan taʼminlash usullarini takomillashtirish;
  • sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish.

Vazirlik huzuridagi tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi
  • Respublika yoʻl jamgʻarmasi
  • Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi
  • Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi
  • Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi
  • Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
  • Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
  • Oʻquv markazi
  • Axborot-hisoblash markazi
  • Fonon ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
  1. arxiv nusxasi, 2017-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-04
  2. arxiv nusxasi, 2017-06-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-04
  3. „Молия вазирлиги аудиторлик фаолияти соҳасидаги ваколатли орган бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-10 sanasida arxivlangan)
  4. „Vazirlar roʻyxati“.[sayt ishlamaydi]
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?