For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Oʻqituvchi.

Oʻqituvchi

Oʻqituvchi dars paytida. Los Anjeles, AQSh.

Oʻqituvchi pedagog, oʻrta va oliy taʼlim tizimi xodimi boʻlib, oʻquvchi va talabalarni oʻqitish bilan shugʻullanadi. Boshqa nomlari: „ustoz“, „domla“, „muallim“.

Oʻqituvchi, muallim – turli yoʻnalishdagi oʻrta umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Oliy maktab oʻqituvchilari „domla“ deb yuritiladi, ular „oʻqituvchiprof.“ tarzida umumlashma nom bilan ham ataladi. Shuningdek, oʻqituvchilarga nisbatan „muallim“ yoki „pedagog“ atamasi ham qoʻllanadi.

Oʻqituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat taʼlim tarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy oʻchoqlarida topilgan tarixiy madaniy obidalar bu oʻlkalarda oʻqituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini koʻrsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar oʻqituvchilik bilan shugʻullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega boʻlishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina oʻqituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli yoshlarida grammatiatlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va koʻpincha oʻz shaxsiy maktablariga ega boʻlganlar. Boy oilalarda esa, taʼlim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar („pedagog“ soʻzi shundan kelib chiqqan), yaʼni „bola yetaklovchilar“ deb atalgan. Rim imperiyasida oʻqituvchilik imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. Oʻrta asrlarga kelib, Gʻarb mamlakatlarida oʻqituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shugʻullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma oʻqituvchilar paydo boʻldi. Texnika taraqqiy etib, fkazdlar koʻpayishi bilan oʻqituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki maʼlum darajada taʼlim koʻrmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, koʻplab maktab va oʻqituvchilar kerak boʻlardi. Ayni vaqtda, XVIII XIX asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy oʻqtuvchilaridan foydalanish keng yoyildi.

Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston oʻlkasida ham oʻqituvchi eng qadimiy va obroʻli kasb hisoblanib, „ustoz“ deb eʼzozlangan. Oʻlkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning oʻqtuvchilari domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. Oʻlkamizda qizlarni oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratilib, savodli ayollar uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab oʻqtuvchilari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning oʻqishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda oʻqtuvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa koʻrgan yoki maktabdan soʻng oʻz ustida ishlagan savodli kishi oʻqtuvchilik bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan.

XIX asrning oxiridan, yaʼni oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan oʻqtuvchining saviyasiga alohida eʼtibor beriladigan boʻldi. Turkistonda anʼanaviy yoʻsinda oʻqitadigan oʻqtuvchilar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. Oʻqtuvchilar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uygʻonish boʻlishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.

Oʻqituvchi oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha boʻlgan. Jamiyat gullab yashnagan davrda unga eʼtibor yuksak boʻddi yoki oʻqituvchining mavqei koʻtarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr toʻntarishi amalga oshgandan soʻng va shoʻrolarning oʻz oldiga qoʻygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda oʻqituvchi tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Chunki butun oʻlka boʻylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli oʻqituvchilar shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan boʻldi. Taʼlim tizimi ham mafkuraga boʻysundirilgan shoʻro davrida oʻqituvchilar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. Oʻziga xos boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanish oʻqituvchilar obroʻsining pasayishiga olib keldi.

Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari Oʻzbekistonda ham 1936-yil 10 apreldan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy oʻqituvchi unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. Oʻshandan boshlab ped. oʻquv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda oʻqituvchi ixtisosligi beriladigan boʻldi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻqituvchi tayyorlashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Bu „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun (1997-yil 29 avgustda qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda oʻqituvchilar universitetlar, ped. oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Oʻqituvchi oʻz pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir oʻqituvchi ga oʻqituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1-oktabrda „Oʻqituvchilar va murabbiylar“ kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada „Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi“, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ singari faxriy unvonlar mavjud. Oʻqituvchilarga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq toʻlanadigan eng uzun mehnat taʼtili belgilangan. Shuningdek, oʻqituvchilar uchun xalq taʼlimi va ped. gazeta va jur.lari, jumladan, oʻzbek tilida „Maʼrifat“, rus tilida „Uchitelskaya gazeta“ („Oʻqituvchilar gazetasi“) gaz.lari, „Xalq taʼlimi“, „Boshlangʻich taʼlim“, „Uzluksiz taʼlim“, „Taʼlim taraqqiyoti“, „Taʼlim va tarbiya“, „Til va adabiyot taʼlimi“ jur.lari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi.

2002-2003-oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi kunduzgi umumiy taʼlim maktablarida 461,1 ming oʻqituvchi ishladi. Ulardan 5 kishi (M.Ismatova, M. Madaliyeva, M.Zokirov, V. Pak, A. Mahmudova) Oʻzbekiston Qahramonidir (2005).

Shuni aytish kerakki, oʻqituvchi alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham oʻqituvchining professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Oʻqituvchilar tayyorlanadigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.

Hozirgi pedagogika fani oʻqituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan oʻqituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol davri oʻqituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.

  • Barkamol avlod orzusi, T., 1998; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvchilar K. Hoshimov, S.Ochil), 1—2j.lar, T., 1995, 1999; Pedagogik izlanish, T., 1990; Yoʻldoshev Q., Oʻqituvchi kitobi, T., 1997. Qozoqboy Yoʻldoshev.




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Oʻqituvchi
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?