For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Muzakkiri ahbob.

Muzakkiri ahbob

Muzakkiri ahbob
Muallif(lar) Bahouddin Hasan Nisoriy
Janr(lar)i Tazkira

"Muzakkiri ahbob" („Ahboblar (yaʼni doʻstlar) zikrida“) nomli tazkira muallifi xoja Bahouddin Hasan Nisoriy (vafoti 1596—1597), XVI asrda oʻtgan yirik oʻzbek shoir va olim.

Bahouddin Hasan Nisoriy asli buxorolik, mashhur shoir Podshohxoja (1450 — vafot etgan yili nomaʼlum) oilasiga mansub boʻlib, shoirlik bilan bir qatorda, tibbiyot, tafsir, handasa, falakiyot, musiqa va xattotlik bilimlarini egallangan. Soʻgʻd hokimi boʻlgan Shayboniy Rustam Sultonning sadri boʻlib xizmat qilgan, 1526-yildan keyin Balxda Kamoluddin qo‘noq madrasasida handasadan dars bergan.

"Muzakkiri ahbob" asari Xoja Bahouddin Hasanning eng mashhur asari hisoblanadi. Asar Juyboriy xojalaridan xoja Muhammad Islom (1493—1563)ga bagʻishlangan va XVI asrning birinchi yarmida Buxoroda oʻtgan 261 turkiyzabon shoirlar haqida qisqacha maʼlumot keltirgan[1].

„Muzakkiri ahbob“ asari qisqa soʻzboshi, muqaddima, toʻrt bob va xotimadan iborat. Soʻzboshida muallif oldiga qoʻyilgan vazifa va kitob mazmuni haqida soʻz boradi. Bundan tashqari bu boʻlimga sheʼriyatda qalam tebratgan shayboniylar sulolasi aʼzolari Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullatif sulton, Rustam sulton, Abdullazizxon, Doʻstmuhammad sultonlar haqida soʻz boradi.

Birinchi bobda muallif o‘zi shaxsan tanish bo‘lmagan, tazkira tuzilmasidan ancha oldin olamdan o‘tgan, 84 ta buxorolik shoirning hayoti va ijodi haqida maʼlumot beradi.

Ikkinchi bob muallif tanigan lekin tazkira yozilmasidan sal oldin vafot etgan buxorolik 64 ta shoir haqida yozgan.

Uchinchi bob tazkira yozilayotgan paytda hayot bo‘lgan 59 ta shoir ijodiga bagʻishlangan.

To‘rtinchi bobda muallif bilan bir zamonda yashagan lekin u bilan shaxsan tanish bo‘lmagan 44 nafar Movraounnahrlik shoir ijodidan namunalar keltirilgan.

Xotimada muallif oʻzining ota-bobolari haqida, xususan katta bobosi Abdulvahhobxoja, otasi Podshohxoja va birmuncha vaqt shayboniy Rustam xonning xizmatida bo‘lgan ukasi shayxulislom Abdussamadxoja va ruboiynavis shoir Shohxoja haqida zarur maʼlumotlar keltirgan[2]. Ushbu asarda Shayboniy hukmdorlardan Ubaydullaxon zamonida Buxoro va Samarqandda bunyod etilgan masjid, madrasa vaxonaqohlardan tashqari, koʻprik, suv inshooti va kutubxonalari haqida ham maʼlumotlarni uchratish mumkin. Buxoroyi sharifda qurilgan Mir Arab madrasasi, Piri Marza qishlogʻida qurilgan chorbogʻ, Mehtar Qosim tarafidan Koʻhak daryosi ustiga qurilgan koʻprik, Abdulazizxon tarafidan Buxoro shahrida bunyod etilgan kutubxona shular jumlasidandir. Asarning qoʻlyozma nusxalari Rossiya, Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida mavjud. Uning oʻzbekcha tarjimasi 1993—yili Toshkentda Ismoil Bekjonov tomonidan chop etilgan.

  1. ERKIN AXUNJANOV. KUTUBXONASHUNOSLIK, ARXIVSHUNOSLIK, KITOBSHUNOSLIK NAZRIYASI VA TARIXI. «TAFAKKUR-BO‘STONI» — 514-bet. ISBN 978 - 9943 - 319 - 59 -2. 
  2. Abdumajid Madraimov, Gavhar Fuzailova. Manbashunoslik. 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. ISBN 978 - 9943 - 319 - 59 -2. 
  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yoʻnalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Muzakkiri ahbob
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?