For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Milan (shahar).

Milan (shahar)

Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling.

Milan – Italiyaning shimoliy qismidagi shahar, Padana tekisligining markazida joylashgan. Lombardiya viloyati va Milan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisining soni jihatidan (2001-yilda 1,8 mln. kishi) Rim shahridan keyin 2-oʻrinda. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Kema qatnaydigan kanallar orqali Po daryosi bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Milan – mamlakatning muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Iqtisodiy faol aholining yarmidan koʻprogʻi sanoatda ishlaydi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik (motorsozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va boshqalar) va metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, poligrafiya korxonalari bor. Italiyaning yirik nashriyotchilik markazi. Geografik jurnallar, xarita, atlas, yillik toʻplam va hokazolarni nashr qiladigan mashhur „Turing klub Italyano“ shu shahardan joy olgan. Milanda bir qancha oliy oʻquv yurtlari, jumladan universitet, texnika instituti, katolik, savdo universitetlari, konservatoriya, Nafis sanʼat akademiyasi va boshqa ilmiy muassasa, kutubxonalar, „La Skala“ opera teatri va boshqa teatrlar, muzeylar, rasmlar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorliklar juda koʻp: cherkov va soborlar (katta cherkovlar), jamoat binolari saqlangan. Savdo universiteti, Milan koʻrgazma zali kabi zamonaviy binolar qurilgan.

Milanga miloddan avvalgi 4-asrda asos solingan. Miloddan avvalgi 196-yildan Rim tarkibida (lotincha nomi Mediolanum). 11—12-asrlarda hunarmandchilik va savdo markazi boʻlgan. 1535-yilda Ispaniyaga qoʻshib olingan. 1802-yildan Italiya Respublikasining, 1805-yildan Italiya qirolligining poytaxti. 1815—1859-yillarda Avstriya tarkibida boʻlgan. 1861-yilda Italiya qirolligiga qoʻshilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Milan (shahar)
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?