For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Mif.

Mif

Mif (yunoncha. mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Mif qadimgi odamning voqelikka boʻlgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, mif yaratilgan va ommalashgan joyida oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda boʻlib oʻtgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimgi odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha boʻlib, asosan, jonli ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini tashkil etuvchi ramziy xattiharakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qadimgi tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. Miflar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi miflar); 2) samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar (gʻayrioddiy hislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar, masalan, Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqa haqidagi miflar); 4) sigʻinish miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, masalan, xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi miflar); 5) etnogenetik miflar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador miflar; masalan, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi mif); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq miflar, masalan, ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar); 7) esxatologik miflar (olamning institutihosi haqidagi, masalan, oxirzamon toʻgʻrisidagi mif). Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini oʻzida aks ettirgan qadimgi miflar badiiy tafakkurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi miflarning asosiy qismi soʻz sanʼatining turli janrlariga singib ketgan. Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodiyotidagi koʻplab epik syujet va anʼanaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. Miflar „Avesto“, „Iliada“, „Ramayana“, „Shohnoma“, „Kalevala“, „Alpomish“, „Goʻroʻgʻli“ kabi adabiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmoqli oʻrin tutgan.[1][2]

Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024)
  1. Meletinskiy Ye. M., Poetika mifa, M., 1976; Stebl i n — Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Mifi narodov mira. V dvux tomax, M., 1991; Joʻrayev M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Mif
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?