Kriobiologiya
Kriobiologiya (krio... va biologiya) — past va oʻta past harorat (0° dan past, absolyut 0° ga yaqin)ning har xil biologik obʼyektlar va hodisalarga taʼsirini oʻrganadigan biol. fani. K.ning asosiy vazifasi past haroratda hayotning quyi chegarasini, organizmning sovuqqa va muzlashga chidamliligini aniqlash; salbiy haroratning orga-izmga zararli taʼsirini tadqiq qilish; xujayra va toʻqimalarni sovuq urishdan himoya qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat. K.ning amaliy tomoni biologik obʼyektlar (mas, qon, toʻqimalar va organlar)ni uzoq muddat saqlash va sovuq, yordamida davolash (krioterapiya) metodlarini tadqiq qilish, sovuqqa chidamli oʻsimlik navlarini yaratish, oʻta sovuq sharoitda inson faoliyatini optimallashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. K.ning ilmiy asoslari 19-asr oxirida rus fiziologi P. I. Baxmetyev tomonidan yaratilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.