For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Koreyslar.

Koreyslar

Koreyslar
한국인 / 조선인
Umumiy aholi soni
Katta aholiga ega mintaqalar
 Janubiy Koreya      50,062,000 (2009)[1]
 Shimoliy Koreya      24,051,218 (2009 est.)[2]

 Xitoy 2,336,771 [3]
 AQSh 2,102,283 [3][4]
 Yaponiya 904,512 [3]
 Kanada 223,322 [3]
 Rossiya 222,027 [3][5]
 Oʻzbekiston 175,939 [3]
 Avstraliya 125,669 [3]
 Filippin 115,400 [3]
 Qozogʻiston 103,952 [3]
 Vietnam 88,120 [3]
 Braziliya 48,419 [3]
 Buyuk Britaniya 45,295 [3]
 Tailand 40,370 [3]
 Ukraina 35,000 [6]
 Indoneziya 31,760 [3]
 Germaniya 31,248 [3]
 Yangi Zelandiya 30,792 [3]
 Argentina 22,024 [3]
 Qirgʻiziston 19,420 [3]
 Fransiya 14,738 [3]
 Malayziya 14,580 [3]
 Singapur 13,509 [3]
 Meksika 12,072 [3]
 Gvatemala 9,921 [3]
 Hindiston 8,337 [3]
 Shvetsiya 7,000 [3]
 Paragvay 5,229 [3]
 Kambodja 4,772 [3]
 Italiya 4,203 [3]
 Janubiy Afrika 3,949 [3]
Tillar
Koreys tili
Dinlar
Buddizm
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa

Koreyslar (oʻzlarini Choson saram — Choson mamlakati odamlari deb atashadi) — Koreyaning asosiy aholisi. KXDR da (22,5 mln. kishi), Koreya Respublikasida (44 mln. kishi), RF da (107 ming kishi), Xitoyda (1,86 mln. kishi), Yaponiyada (670 ming kishi), Oʻzbekistonda (183 ming kishi), Qozogʻistonda (103,3 ming kishi) yashaydilar. Umumiy soni 70,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Koreys tilida soʻzlashadi. Mongoloid irqiga mansub. Dindorlari budda, konfutsiylik va xristian (presviterianlar) diniga eʼtiqod qiladi. K.ning ajdodlari kadim zamonlardan beri Koreya yarim orol hududida yashab kelmokda. K.ning shakllanishida 3 ta qabila guruhi (paleyeosiyo, oltoy, avstronez) qatnashgan. Bunda yetakchi rolni protooltoy qabilalari oʻynagan. Koreys qabilalarining l-ittifoqi — Choson 1-asrda vujudga kelgan. Bu aholining etnik tarkibiga katta taʼsir koʻrsatdi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalarida Manjuriyaning janubida va Koreyaning shim. da Choson davlati (oʻzlarini choson deb atashlari shundan) tashqil topdi. 10-asr boshlarida K. yagona xalq sifatida shakllangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koreys xalqi 2 qismga boʻlinib ketdi. Janubidagi K. va shim.dagi K. boshqa-boshqa tuzum yoʻlidan ketishdi. 1937— 38 yillarda sobiq shoʻrolar tuzumi zoʻravonlik bilan Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasidan 74500 K.ni Oʻzbekiston hududiga koʻchirdi. Bunga asosiy sabab sobiq shoʻrolar ittifoqi bilan Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi edi. Oʻsha davrda Koreya ya. orol Yaponiya tomonidan bosib olingan boʻlib, tub koreys aholisi bilan Uzoq, Sharq hududidagi K. ning etnik kelib chiqishi bir edi. Oʻzbek xalqi K.ga nisbatan oʻzining yana mehmondoʻstligi va bagʻri kengligini koʻrsatdi. Ularni uyjoy, ish bilan taʼminladi, ularga maishiy xizmat, madaniy oʻchoqlar yaratdi, bolalarining oʻqishi, taʼlim olishi uchun maktablar ochdi. Asosiy mashgʻulotlari sholikorlik. Chorvachilik, baliqchilik, ipakchilik, hunarmandchilik bilan ham shugʻullanishadi.

  • Kim P., Koreysi Respubliki Oʻzbekistona, T., 1993.[7]

Koreyslar (Koreyscha — choson saram) — Koreyaning tub aholisi. KXDRda 24 million, Janubiy Koreyada 50-million. Umumiy soni 81-million kishi. Shuningdek, Rossiyada 108-ming, Oʻzbekistonda 184-ming, Qozogʻistonda 104-ming (1992) Koreyslar istiqomat qilishadilar. Antropologik tarafidan Koreyslar mongoloid irqiga kiradi. Koreys tilida gaplashishadi.

Koreyslarning milliy kiyimi, ayniqsa, oq matodan tikiladi. Erkaklar keng balaqli shim, nimcha, xalat, ayollari uzun beldamcha, qisqa kofta, dambal kiyadi. Milliy tasviriy sanʼati, arxitektura xotiralar. Koreyslarning milliy fol'klorlik ijodlari, xalq musiqalari, qadimgi afsonalari yaxshi saqlangan. Musiqa bilan raqs sanʼati yaxshi rivojlangan. Ulaning milliy asboblariga komungo, kayagim, fleyta, baraban kiradi.

Koreyslar buddizm diniga mansub xalq. Koreyslarning oz miqdori — xristian dinini qabul qilgan. 3 — 4 asrlarda Koreyaga budda dini keng avj olib, oʻrta asrlarda konfutsiychilik qattiq taʼsir qiladi. 19-asrlarda Koreyaga xristian dini ham kirdi, biroq u din keng avj ola olmadi

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreyslarning milliy taomlari — achchiq tuzi oʻtkir baliq bilan koʻkat. Koʻrayslar qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullanib kelganlar. Ayniqsa, guruch, arpa, tariq, sholi oʻsimliklari, mevali daraxtlar va koʻkatlar ekadi. Ipak qurtini parvarish qiladilar. Dengiz yiqasidan baliq ovi bilan shugʻullanadi. Kulolchilik, boltachilik, toʻqimachilik va kundalikka kerakli buyumlar yasash hunari yaxshi avj olgan.

  1. „Population of South Korea 2010“. English.chosun.com (1-fevral 2010-yil). Qaraldi: 4-may 2012-yil.
  2. arxiv nusxasi (PDF), 2009-03-25da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2012-09-25
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 3,14 3,15 3,16 3,17 3,18 3,19 3,20 3,21 3,22 3,23 3,24 3,25 3,26 3,27 3,28 재외동포현황/Current Status of Overseas Compatriots. Ministry of Foreign Affairs and Trade, 2009. Qaraldi: 21-may 2009-yil.  (Archive.is saytida 2010-10-23 sanasida arxivlangan)
  4. Note that the 2006 American Community Survey gave a much smaller figure of 1,520,703. See S0201. Selected Population Profile in the United States. United States Census Bureau. Qaraldi: 22-sentabr 2007-yil.  (Archive.is saytida 2020-02-12 sanasida arxivlangan)
  5. The 2002 Russian census gave a figure of 148,556. See „Население по национальности и владению русским языком по субъектам Российской Федерации“ (Russian). Федеральная служба государственной статистики. 2006-11-04da asl nusxadan (Microsoft Excel) arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2006-yil. ((cite magazine)): Cite magazine requires |magazine= (yordam); Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language ()
  6. arxiv nusxasi, 2013-11-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-25
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Koreyslar
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?