For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Kashtan.

Kashtan

Kashtan (Castanea) — qoraqayindoshlar oilasiga mansub daraxtsimon oʻsimliklar turkumi, yongʻoq mevali va manzarali daraxt. Shim. Amerika, Sharqiy Osiyo, Oʻrta dengiz sohillari, Marokash, Tunis, Kavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi maʼlum. Asosan, 4 turi ekiladi. Kashtan 500—1000 (baʼzi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Koʻp yil yashaydigan ekma (magʻzi yeyiladigan) chin Kashtan (C.sativa) Qora dengiz boʻylari va Zakavkazyeda, togʻlarning quyi va oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Buyi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng , bargi oddiy, yirik, uz. 12—25 sm, kalta bandli, navbatma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, gultuplami ziraksimon, bir jinsli yoki ikki jinsli, gultoʻplamining yuqori qismida otalik gullari, pastki qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yongʻoq (kashtan), tuq jigarrang . Har birida 1 tadan urugʻ boʻladi. Daraxti oʻtqazilgach, 5—10-yilda meva beradi. Yorugʻsevar, namsevar, issiqlikka talabchan. Mevasi sentabrdan noyabrgacha pishadi. Bir daraxtdan 120–140 kg hosil olinadi. K. mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib isteʼmol qilinadi. Yongʻogʻi magʻzida 60% kraxmal, 17% qand, 8 — 11% azotli moddalar, 2% moy, vitaminlar, limon va olma kislotalari mavjud. Yogʻochida, poʻstlogʻida (qobigʻida), barglarida 6—14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal oʻziga xos xushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalari, faner, mebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qoʻllanadi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoklar ishlab chiqariladi. Kashtanning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tapqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. Kashtan urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urugʻi stratifikatsiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi. Kasalliklari: ildiz vatana raki, oʻzak chirishi. Zararkunandalari: meva qurti, qoʻngʻizlar va b.

Abdushukur Xonazarov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Kashtan
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?