For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Kalimantan.

Kalimantan

Kalimantan
Geografiya
Maydoni 748 168 km2
Dengiz sathidan balandligi 4095 va 113 m.
Eng baland nuqtasi Kinabalu
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya, Malayziya va Bruney Darussalam
Demografiya
Aholisi 18 590 000
Qo'shimcha ma'lumot

Kalimantan (indonezcha: Kalimantan) yoki Borneo (malaycha: Borneo) - Malay arxipelagidagi eng yirik orol, Katta Zond orollari tarkibida. Maydon 734 ming km2 (kattaligi jihatidan Yer yuzida Grenlandiyadan keyin 2-oʻrinda). Aholisi 10 mln.dan ziyod. Kalimantan hududining katta qismi Indoneziya tarkibida, shim. va shim.-gʻarbiy qismi Malayziya va Bruney davlatlari hududi.

Kalimantan sohilining katta qismi botqoqlashgan pasttekislik, qirgʻoq chizigʻi tekis. Markaziy qismi bal. 2000–3500 m li palaxsa togʻlardan iborat. Kalimantan shimolidagi Kinabalu togʻi (4101 m) — orolning eng baland joyi. Togʻlar, asosan, granit, gneys, kristalli slanetslardan iborat. Neft, gaz, toshkoʻmir, temir, marganets, xrom, mis va boshqalar ruda konlari bor. Iqlimi ekvatorial iqlim. Tekisliklarda temperatura 25—27°. Yillik yogʻin 2000–3500 mm. Daryo koʻp. Yirik daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. Tuprogʻi podzollashgan laterit tuproq. Kalimantan hududining 75% i oʻrmon. Tekisliklar nam tropik oʻrmonlar (palma, bambuk, fikus), yon bagʻirlar dub va igna bargli oʻrmonlar, togʻ tepalari butazor va yaylovlardan iborat. Hayvonlardan fil, maymunlar, ayiq, karkidon bor. Qushlarning 600 ga yaqin turi yashaydi. Aholi kokos palmasi, sholi yetishtiradi. Baliq ovlanadi. Bir nechta milliy parklar mavjud. Yirik shaharlari — Pontianak, Banjarmasin, Samarinda, Kuching, Bandar-Seri-Begavan.

Kalimantanning tub joy aholisi turli qabilalardan tashkil topgan, ular koʻpincha dayaklar degan umumiy nom bilan ataladi. Kalimantan sohilidagi knyazliklar 13-asrdan Java hokimlariga karam boʻlgan. Yevropaliklar orolga 17-asrdan kela boshlagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Kalimantan
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?