For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Ivan Bošković.

Ivan Bošković

Ivan Boshkovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Boshkovich
Tavallud sanasi 1-yanvar 1982-yil (1982-01-01) (42 yosh)
Tavallud joyi Nikšić, Chernogoriya
Yugoslaviya
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2004 Sutjeska 78 (27)
2004—2005 Budućnost 10 (3)
2005—2006 SCO Angers 4 (1)
2006 Budućnost 18 (5)
2006—2007 Vojvodina 10 (1)
2007—2008 Borac Čačak 16 (1)
2008—2010 Grbalj 61 (39)
2011—2012 Nasaf Qarshi 51 (20)
2013—2014 Chonburi 10 (3)
2013—2014 → Sriracha (Ijara) 9 (6)
Milliy terma jamoa
FR Yugoslavia U21
Boshqargan klublari
2018 Huai Thalaeng United (yoshlar murabbiyi)
2019 Lampang (Murabbiy assistenti)
2020 Bunyodkor (U19 jamoasi murabbiyi)
2021-2022 Bunyodkor-2 Bosh murabbiyi
2022 Bunyodkor Bosh murabbiyi
2023 Soʻgʻdiyona
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ivan Boškovich (1982-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — chernogoriyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi[1][2] Hozirda „Soʻgʻdiyona“ klubi bosh murabbiyi

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya SFR Yugoslaviya tarkibiga kiruvchi Podgoritsa shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Ivan FK Sutjeska Nikshichga oʻtgan. 2004-yilning yozida Chernogoriyaning eng asosy jamoasi FK Budućnost Podgoritsa klubiga oʻtgan va oʻsha paytda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida oʻynagan. 2005-yil yanvar oyida qishki tanaffus paytida u Fransiyaga koʻchib oʻtgan va Liga 2 jamoasi SHHT Anje jamoasiga qoʻshildi va u yerda mavsumning qolgan qismini o'tkazgan va keyingi yozda Buduchnost klubiga qaytgan.

2006-yil yozida Serbiya va Chernogoriya ligalari ajralib chiqganidan so'ng Ivan Boshkovich Buduchnost jamoasini tark etgan va Superligada oʻynash uchun Serbiyaga koʻchib oʻtgan. 2006/2007-yilgi mavsumida FK Voyvodina bilan, keyin esa 2007/2008-yilgi mavsumda FK Borac Chachak jamoasi tarkibida toʻp surgan.

2008-yilning yozida u Chernogoriyaga qaytib keladi va Birinchi liga jamoasi OFK Grbalj[3] bilan shartnoma imzolagan. OFK Grbalj jamoasida keyingi uch mavsum davomida oʻynagan va 2010-yilda 28 gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[4]. 2011-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan. Qarshining „Nasaf“ jamoasiga kelib, 2011-yilda OFK kubogini qoʻlga kiritgan va 10 ta gol bilan OFK kubogi toʻpurari boʻldi[5]. 2013-yil boshida u Tailandning „Chonburi“ klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. „Chonburi“ tarkibida oʻn bitta oʻyin o'tkazib, beshta gol urgan. Mavsum oʻrtalarida Boskovich Tailandning yana bir Sriracha klubiga ijaraga berilgan. 2014-yil boshida Tailandning Nakhon Ratchasima klubi bilan shartnoma imzolagan.

2015-yilda Bošković Tailandning boshqa „Bek Tero Sasana“ klubi tarkibida ijara asosida oʻynagan. 2016-yildan Tailandning boshqa bir jamoasi, Sisaket klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil yanvar oyida u Chernogoriyaga qaytib kelgan va Sutjeska (Niksic) jamoasi tarkibiga qo'shilgan. 2018-yil 1-oktyabrda futbolchi sifatida butsalarini „mixga ilgan“ va faoliyatini yakunlagan. Uning muxlislar orasidagi oʻziga hos taxalluslari — „Boʻshkogoal“ va „Boshdagol“.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiyli faoliyatini Tailannda yoshlar murabbiyi sifatida boshladi. 2020-yil Oʻzbekistondan taklif tushdi va Toshkenting „Bunyodkor“ jamoasi taklifini qabul qilib,[7] U19 jamoasi bosh m urabbiyiga aylangan[8]. 2 yil davomida Bunyodkor tizimida yoshlar bilan[9] ishlagan Ivan 2022-yil 9-sentyabrdan Bunyodkor klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan[10]. 2023-yilgi mavsum boshida Bunyodkor jamoasi bilan o'zaro kelishevga ko'ra shartnomasi bekor qilingan. 2023-yil 6-aprelda „Soʻgʻdiyona“ klubi bosh murabbiyiga aylangan[11]. 2023-yil 17-avgustda Jizzax jamoasi bilan shartnomasi 2026-yil dekabr oyiga qadar uzaytirgan[12].

Voyvodina

  • Serbiya Kubogi Gʻolibi: 2006/2007
  • Jami: 1 kubok

Nasaf

Sutyeska

  • Chernogoriya Kubogi: 2016/17
  • OFK Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2011
  • Chernogoriya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2009/2010
  1. Ivan Bošković prvo pojačanje‚ fksutjeska.me, 10 January 2017
  2. „เฮทั้งจังหวัด! สายฟ้า ส่งสตาฟฟ์เซอร์เบียคุม สตูล ล่าตั๋ว T3“ (2018-yil 22-iyul). 2018-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  3. Stats from Montenegro[sayt ishlamaydi] at FSCG.co.me
  4. Stats from Montenegro[sayt ishlamaydi] at FSCG.co.me
  5. „«Насаф» стартовал в Кубке АФК с крупной победы / Новости“. 4 січня 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 лютого 2022.
  6. „«Насаф» стартовал в Кубке АФК с крупной победы / Новости“. 2015-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  7. „Иван Бошкович - "Бунёдкор"га пул учун келмагани, ОФК кубоги ва "Насаф"даги хотиралар“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  8. „«Насаф» билан ОФК кубогини ютган Иван Бошкович «Бунёдкор»да“ (05 мар 2020). 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  9. „Эшитдик-да! Иван Бошкович "Бунёдкор" ўринбосарлари устозига айланди“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  10. „Эшитдик-да! "Бунёдкор"да клуб раҳбари, академия директори ва мураббий ўзгарди“. 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  11. „Расман: Иван Бошкович "Сўғдиёна" бош мураббийи“. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  12. „"Сўғдиёна" черногориялик мураббий билан шартнома муддатини узайтирди“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Ivan Bošković
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?