For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Hojiabdulaziz Abdurasulov.

Hojiabdulaziz Abdurasulov

Hoji Abdulaziz Abdurasulov
Hoji Abdulaziz Abdurasulov portreti

Hoji Abdulaziz Abdurasulov (Rasulov; 1852 — Samarqand — 1936) — xonanda, sozanda (tanbur, dutor), bastakor, Oʻzbekiston xalqartisti (1932). Tanbur ijrochiligi va Shashmaqomning cholgʻu yoʻllarini Hoji Rahim-berdidan, hofizlik sanʼati sirlarini hamda Nasr shoʻʼbalarini samarqandlik Borux hofiz, keyinchalik Ota Jalollan oʻrgangan. Haj safarlarini qilib (1887-88 va 1907-08), Eron, Arabiston, Hindiston, Afgʻo-niston xalqlari musiqa madaniyati, ijrochilik uslublari bilan tanishgan, oʻz sanʼatini ham namoyish etgan. 1920- yillari konsert guruhlarida qatnashgan, musiqa toʻgaraklarini tashkil etgan. Samarqandda Musiqa va xoreografiya institutida oʻqituvchi (1928 — 31); M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Yu. va R.Rajabiylar, I.Ikromov, M.Burhonov, D.Zokirov, M.Leviyev, N.Hasanov kabi sanʼatkorlar H.dan taʼlim olishgan.

H. murakkab ashula yoʻllarini oʻz ovoziga moslab, ijodiy yondoshgan holda oʻzbek va tojik tillarida mahorat bilan aytgan. U „Guluzorim“p turk, „Bozurgoniy“ga Zebo pari, „Be-bokna“ va „Ushshoq“ yoʻllariga Namudi Uz zol, „Abdu-rahmonbegi“ga namudi Navo avjlarini bogʻlab, ularning taʼsirchanlik va yoqimlilik kuchini orttirgan. „Ushshoq“ shu tufayli ham „Ush-shoqi Hoji“ va „Samarqand Ush-shogʻi“ nomlari bilan mashhur. Xonanda repertuarida 200 dan ortiq xalq ashulalari va maqom yoʻllari bulib, ular ichida mumtoz musiqa asarlari asosiy oʻrin tutadi. Jumladan, „Ushshoq“, uning taronasi, qashqarchasi va ufari, „Rosti Panjgoh“, „Iroq“ va „Navo“ maqomlari yoʻli, „Abdurahmonbegi-1“, uning ufari, „Nasrulloyi“, „Iroq“ning qashqarchasi va ufari, „Gulyor“, „Orazi Gulyor“, „Ufar“, „Arzimni aytay“, „Qurbon oʻlam“ va hokazo kuy va ashula yoʻllari alohida ajralib turadi. Ularni H. Sharq mumtoz shoirlari — Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Zebun-niso, Amiriy, Fazliy kabilarning gʻazallari bilan aytgan. H. mohir sozanda sifatida ham tanilgan boʻlib, maqom yoʻllarini tanbur va dutorda ijro etgan. Ijrosidagi koʻpgina ashulalar 1909-yildan boshlab gramplastinka va fonograflarga yozib olingan. Samarqand musiqa kollsjiga H. nomi berilgan. 1997-yildan Samarqandda H. nomidagi xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda. H. vafotidap soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Hojiabdulaziz Abdurasulov
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?