For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Glasiologiya.

Glasiologiya

Glasiologiya (lotincha: glacies — muz va ...logiya) — Yer yuzasidagi barcha muz shakllari (muzliklar, qor qoplami va b.), yer osti muzlari, ularning tuzilishi, tarkibi, fizik xususiyatlari, kelib chiqishi va rivojlanishi, geol. va geomorfologik faoliyati, geografik tarqalishi haqidagi fan. Umumiy muzshunoslikning sinonimi. Glasiologiya glyatsiosfera va yer yuzasi, atmosfera, gidrosfera va litosferadagi tabiiy muz va muzliklar, ularning joylashishi, rejimi va rivojlanish dinamikasi, atrof muhit bilan oʻzaro aloqasi, muzning Yer evolyutsiyasidagi ahamiyatini oʻrganadi.

Glasiologiya suv oqimi, muz zaxirasi, muzliklarning iqlimga taʼsiri, geologik ishi va b. tabiiy xususiyatlarini oʻrganishda tabiiy geogr.ning gidrologiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik va geodeziya kabi tarmoqlari metodlaridan foydalanadi. glasiologiyaning oʻtmish davrlar muzliklarini oʻrganadigan boʻlimi paleoglya siologiya deb ataladi.

Muzliklar haqidagi dastlabki yozma maʼlumot fransuz tabiatshunosi Myunster Sebastyan qalamiga mansub (1544).

Glasiologiya 18—19-asrlarda gidrologiya va geol. fanlari negizida shakllana boshladi. Bunda shveysariyalik tabiatshunos Oras Sossyurning (1740—99) "Alp togʻlariga sayohat" (1779—96) asari muhim oʻrin tutdi. 19-asr oxiri — 20-asr oʻrtalariga kelib qattiq va suyuq holatdagi suvni oʻrganish usullari va ular bilan bogʻliq boʻlgan muammolar turlicha ekanligi aniq boʻlib qoldi. Bu davrda qutb muzliklari, ularga xos boʻlgan qonuniyatlar oʻrganildi, muz tabiatiga va muzliklardagi fizik hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borildi, materik va togʻ muzliklarining nisbatini solishtirish imkoniyati yaratildi va glasiologiya geografiya, gidrologiya, geol. va geofizika fanlari sohalarining tutashgan joyida yuzaga kelgan mustaqil fanga aylandi. Oʻrta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini 1930-yil N.L. Korjenevskiy nashr qilgan. Unda jami 1223 vodiy muzligi, jumladan Pomirda 296 ta, Hisor-Olayda 199 ta muzlik qayd qilingan. Muzliklarning soʻnggi koʻp jildli katalogi 1965—82 yillarda sobiq Ittifoq FAning Geografiya instituti, Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituta (OʻOGMITI) va "Gidrometxizmat"ning boshqa institut va muassasalari tomonidan yaratildi. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi muzliklarga tegishli maʼlumotlar 14-jildda jamlangan. Ushbu katalog Jahon qormuzlik resurslari atlasini tuzishda asos boʻlgan. Glasiologiya fizika, matematika, geofizika, geokimyo, geodeziya, haritagrafiya, geogr., geologiya va b. fanlar usullaridan foydalanadi. Keyingi yillarda glyatsiologik tadqikrtlarning yangi usullari (termik burgʻilash, fotogrammetriya, aerofotosʼyomka va b.) paydo boʻldi. glasiologiya oʻrganadigan obʼyektlariga bogʻliq holda muzlikshunoslik, qorshunoslik, qor koʻchkilari ilmi, suv havzalari muzshunosligi, paleoglyatsiologiya kabi sohalarga boʻlinadi. Ikkinchi tomondan, glasiologiyada oʻziga yaqin boʻlgan fanlar bilan aloqasi va qoʻllaniladigan usullarining turlichaligi asosida glyatsioiqlimshunoslik, glyatsiogidrologiya, strukturaviy glasiologiya, dinamik glasiologiya, geokimyoviy glasiologiya kabi yoʻnalishlar farqlanadi. Glasiologiyaning amaliy ahamiyati jadal suratlarda oʻsmoqda, natijada oʻziga xos yangi yoʻnalish — muhandislik glasiologiyasi toʻla shakllandi. Glasiologiya doimiy muzloq yerlarni oʻrganadigan geokriologiya bilan qoʻshilib, kriosferani oʻrganadigan Yer kriologiyasini tashkil etadi. Hoz. zamon glasiologiya si atrof muhit muhofazasi hamda tabiat va jamiyatning oʻzaro aloqasi muammolari bilan chambarchas bogʻliq. glasiologiya sohasidagi tadqiqotlar dunyoning koʻpgina mamlakatlari (Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada, Norvegiya, Rossiya, Fransiya, Shvesiya, Shveysariya, Yaponiya va b.)da keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Bunda Xalqaro geofizika yillari (1882 — 83, 1932—33 va 1957—58), Xalqaro geofizika hamkorlik yili (1959) va Xalqaro gidrologik oʻn yillik (1966 —75)larning ahamiyati katta boʻldi. Oʻsha yillarda Yer kurrasidagi barcha muzliklar holati kuzatib turildi. Ayrim davlatlar va jahon miqyosida faoliyat koʻrsatadigan Xalqaro glyatsiologiya uyushmalari, jamiyatlari mavjud. 1907-yildan Angliyaning Kembrij shaxrida Xalqaro miqyosda "Glyatsiologiya jurnali" chop etiladi. Glyatsiologik tadqiqotlar Oʻzbekistonda OʻOGMITIning glasiologiya boʻlimida, Oʻzbekiston FA Geol. va geofizika institutining glasiologiya laboratoriyasida amalga oshiriladi. 1967-yil Abramov muzligida OʻOGMITIning glyatsiologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi maxsus st-yasi tashkil etildi. "Oʻrta Osiyoda glyatsiologik tadqiqotlar" mavzuida doimiy ravishda ilmiy toʻplamlar chop etiladi. Glasiologiya fani rivojiga N.L. Korjenevskiy, O.P. Shcheglova, V.F.Suslov, A.A.Akbarov, G.Ye.Glazirin, B.A.Kamolov, L.A. Kanayev, V.G.Konovalov, A.S.Shchetinnikov va b. olimlar salmoqli hissa qoʻshdilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Golubev G.N., Gidrologiya lednikov, L., 1976; Injenernaya glyatsiologiya, M., 1971.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Glasiologiya
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?