For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Giyohvandlik.

Giyohvandlik

Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik – narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati hjisoblanadi. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. G. 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.

Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin. G.ka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlik eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. Giyohvandlikning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan G. sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). G.ka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini „normallashtirganga“ oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat – xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. Giyohvandlik opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. Giyohvandlikning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.

Yer yuzining turli mintaqalarida giyohvandlikning ayrim turlari kuzatiladi. Giyohvandlikning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. Giyohvandlik avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan OʻzRda G.ka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida G.ka karshi keskin kurash olib boradi. Giyohvandlikkka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi (qarang Giyohvandlik vositalari).[1]

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ReferenceA



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Giyohvandlik
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?