For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Gidromexanika.

Gidromexanika

Gidromexanika (gidro... va mexanika) —mexanika boʻlimi; suyuqpik va gazsimon muhitlarning muvozanati va harakatini, shuningdek suyuqlikning unga botirilgan yoki suyukliqda harakatlanayotgan jism bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganadi; gidrodinamika va gidrostatikata boʻlinadi. gidromexanika amaliyot bilan uzviy bogʻlangan holda rivojlandi. Dastlabki gidrotexnik qurilmalar (kanallar, quduqlar) va suzib yuruvchi vositalar (sol, qayiqlar) qadimdan maʼlum. Nisbatan murakkab boʻlgan aero va gidromexanik qurilmalar (eshkak, yelkan, rul, nasos)ning ixtiro qilinishi ham uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Dengizda suzish, harbiy ishlarning rivojlanishi mexanika asoslarining , xususan gidromexanikaning paydo boʻlishiga asos boʻldi. Muhit (suv, havo) bilan unda harakatlanayotgan yoki tinch turgan jism orasidagi taʼsirlar gidromexanikaning asosiy masalalari hisoblanadi. Arximed kashf qilgan qonun va suyuqliklar muvozanati nazariyasi porshenli nasoslar yaratishga asos boʻldi. Leonardo da Vinchi jismlarning suyuklik va gazlardagi harakatni oʻrgandi, qushlarning uchishini kuzatib, muhit qarshiligi mavjudligini kashf qildi. B. Paskal suyuqliklarda bosim tarqalish qonunlarini kashf qildi. I. Nyuton suyuqliklarda ichki ishqalanish qonunlarini tahlil qilib berdi. Bu esa suyuqliklarning jism yuzasiga ishqalanishi natijasida hosil boʻladigan qarshilik kuchlarini hisoblashga asos boʻldi. Bu dinamikaning asosiy qonunlari va tenglamalarini belgilab berdi. L. Eyler va D. Bernulli nazariy gidrodinamikaning asoslarini yaratdilar. J. Lagranj va O. Koshi, G. Kirxgof, G. Gelmgolʼs, N. Ye. Jukovskiy, asarlarida ideal suyuqliklarda harakatlanayotgan jismlarning suyriligini aniqlashning analitik usullari ishlab chiqildi; bu usullar suyuqliklarning turli shakldagi kanallarda harakatlanishiga, qattiq jismlarning suyuqlik va gazlarda harakatlanishiga tegishli koʻpgina masalalarni yechishda tadbiq qilindi. Qovushoq suyuqliklar harakatini oʻrganish gidravlika, gidrotexnika va mashinasozlikning (ishqalanuvchi yuzalarni moylash) rivojlanishiga asos boʻldi. Zamonaviy gidromexanika koʻpgina boʻlimlardan iborat boʻlib, boshqa fanlar, xususan matematika, fizika, kimyo bilan uzviy bogʻlangan (yana q. Gidroaeromexanika).

Kudratilla Latipov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Gidromexanika
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?