For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Gafarova Saxiba Ali qizi.

Gafarova Saxiba Ali qizi

Gafarova Saxiba Ali qizi
Tavalludi 1955-yil 19-mart
Shamkir shahri, Ozarbayjon SSR, SSSR
Kasbi siyosatchi, oʻqituvchi
Fuqaroligi Ozarbayjon
Taʼlimi F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakulteti, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakulteti
Mukofotlari „Hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ ordeni (2022-yil 8-dekabr, Turkmaniston), Ozarbayjondagi taʼlimning rivojlanishida qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ (2016-yil 14-dekabr)

Saxiba Ali qizi Gafarova (ozarbayjoncha: Sahibə Əli qızı Qafarova Sahibə Əli qizi Qafarova) – ozarbayjonlik siyosatchi ayol. U 2020-yil 10-martdan boshlab Ozarbayjon parlamentining spikeri[1][2], filologiya fanlari doktori, professor boʻlib tayinlanadi. " Yangi Ozarbayjon „ partiyasining aʼzosi. Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (2016) unvoniga sazovar boʻlgan.

Saxiba Gafarova 1955-yili 19-martda Shamkir shahrida tavallud topgan.

U M. F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini, shu bilan birga, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Rus va ingliz tillarida gapira oladi. Oilali, ikki farzandning onasi.

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1978—1981 yillar davomida Shamkir shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablarda bolalarga taʼlim berib, oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
  • 1981-2020 yillari Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutida laborant, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor lavozimlarida ish yuritadi. Ozarbayjon Gʻarbiy universitetida Gʻarbiy tillar fakulteti dekani, Boku slavyan universitetida Yevropa tillari kafedrasi mudiri etib tayinlanadi.
  • 2004-2020 yillarda Boku Slavyan universitetining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori (2010-2020 yillari ixtiyoriy ravishda ishlagan) boʻladi.
  • 2006-2007 yillari AQSh Davlat departamentining “Fulbrayt stipendiyasi" dasturi doirasida Michigan universitetining yonidagi Ayollar va gender tadqiqotlari institutida ish olib borgan.
  • 2010-2020 yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining toʻrtinchi va beshinchi chaqiriqlarida deputat boʻlib ishtirok etadi.
  • 2015-2020 yillari Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Oila, ayollar va bolalar masalalari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari etib tayinlangan.
  • 2013-2015 yillarda Evropa Kengashi Parlament Assambleyasining gender tengligi, irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyi qoʻmitalarni boshqaradi.
  • 2015-2017 yillari Evropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE)da "Ayollar zoʻravonlikdan xoli" nomli parlament tarmogʻining siyosiy koordinatori etib, ayollarga qarata zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha bosh maʼruzachi, shuningdek, Evropa palatasi Migratsiyasining, qochqinlar va majburiy muhojirlar boʻyicha qoʻmitaning raisi boʻlib, Byuro aʼzosi etib tayinlanadi.
  • 2018-2020 yillarda Evronest Parlament Assambleyasining Ozarbayjon delegatsiyasiga rahbarlik qilgan.

Saxiba Gafarova hozirgi kunda Ozarbayjon parlamenti Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PPA)]]ning va Turkiy tilli mamlakatlar parlamentining assambleyasi (TurkPA)dagi delegatsiyaga rahbarlik qiladi.

2016-yili Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ozarbayjonda taʼlimni rivojlantirishdagi qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ hurmatli unvoniga sazovar boʻladi.

Shuningdek, Saxiba Gafarova birqancha darsliklarning, oʻquv qoʻllanmalar, bitta monografiya va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi.

  • "Hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni (2022-yil 8-dekabr, Turkmaniston ) – Turkmaniston va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Turkmanistonning xalqaro nufuzining davlat va jamoat faoliyatini oshirishga qoʻshgan katta hissasi inobatga olinadi[3].
  • „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ (2016-yil 14-dekabr) – Ozarbayjondagi taʼlimning rivojlanishida qoʻshgan hissasi uchun[4].
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Gafarova Saxiba Ali qizi
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?