For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Fridrix Shlegel.

Fridrix Shlegel

Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan ishorat yoʻq. (May 2024)
Fridrix Shlegel
Tavalludi 1772-yil 10-mart
Vafoti 1829-yil 11-yanvar
Drezden, Saksoniya
Kasbi yozuvchi, shoir, faylasuf, lingvist, tanqidchi, pedagog
Ijod qilgan tillari Nemis tili[1]
Fuqaroligi Gannover qirolligi, Braunshveyg-Lyuneburg
Ota-onasi Iogan Adolf Shlegel, Ioanna Xristiana Erdmuta Hyubsh

Karl Vilgelm Fridrix fon Shlegel (nemischa: Friedrich Schlegel) — nemis yozuvchisi, shoir, tanqidchi va faylasuf, lingvist, pedagog. Falsafa va estetika boʻyicha bir necha asarlari bilan mashhur. „Lyusinda“ romani muallifi. Fridrix va uning akasi Avgust Vilgelm „Yens romantizmi“ nazariyasining asosiy namoyondalari edi.

Yoshligi va antik madaniyatga qiziqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fridrix Shlegel Gannoverda, ruhoniy Iogan Adolf Shlegel va matematika professorining qizi boʻlgan Ioganna Xristiana Erdmuta Hyubsh oilasida dunyoga kelgan. Fridrix oilada oʻninchi farzand edi: ota-onasi unga yoshligida vafot etgan ilk farzandlari ismini qoʻyishadi[2]. Otasining koʻrsatmasiga koʻra u dastlab savdo faoliyati bilan shugʻullandi: 1787-yilda Fridrix Leypsigdagi „Shlemm va kompaniya“ savdo uyida taʼlim oldi. Keyinchalik Leypsigda huquqshunoslikni oʻrgandi. 1792-yilning yanvarida u Novalis bilan tanishdi va bu doʻstlik butun umr davom etadi. 1793-yilda Fridrix uning dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsata olgan inson, akasining xotini — Karolina Bomer bilan uchrashdi. Keyinchalik u Gettingen shahrida oʻz akasi Avgust bilan filologiya bilan shugʻullana boshlagan. Uning asosiy diqqati qadimgi tillar va adabiyotni oʻrganishga qaratilgan. Mashgʻulotlar yakuniga koʻra u Drezden shahriga koʻchib oʻtgan va antik madaniyat bilan shugʻullanishni davom etgan.

Shlegel. 1790-yil (Karolina Rerberg rasmi).

Yunon sanʼati va chiroyini tushuntirgan va uning tarixini ilmiy asoslab bergan Vilkelman ijodi bilan qiziqqan Fridrix keyinchalik xuddi shunday tartibda yunon sheʼriyati haqida ilmiy ish qilishni niyat qilgan. „Berlin oy jurnali“ (nemischa: Berlinische Monatsschrift)ning 1794-yil noyabr oygi sonida uning „Yunon sheʼriyati maktablari haqida“ (nemischa: Von den Schulen der Griechischen Poesie) nomli maqolasi eʼlon qilingan. Shlegel yunon sheʼriyati tarixini 4 bosqichga: ionik — epos va tabiat hissi ustun boʻlgan davr, doriy — lirika ustun boʻlgan davr, attik — tragediya ideallikka erishgan davr va aleksand davri — evrilish va yoʻqolish davriga boʻlgan. Shu holatda Shlegel ilk marotaba oʻzining aniq va yorqin xususiyatlarini namoyish etgan. U antik va zamonaviy sheʼriyatni taqqoslaydi: anarxiya va xaos[3].

„Yunon komediyasining estetik qiymati“ nomli ikkinchi maqolasida Shlegel Aristofan komediyalarini tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan analiz qilgan. „Goʻzallikning choʻqqisi“ nomli keyingi maqolasida u Shillerning estetika haqidagi xatlariga asoslangan holda fikr yuritgan. Soʻngra Aristofan komediyalari haqidagi va „Yunon sheʼriyatidagi ayol personajlar haqida“ nomli maqolalarini eʼlon qilgan. Shlegel ushbu mavzuni Platonning „Pir“ asaridagi donishmand getera sababli „Diotima haqida“ deb nomlagan maqolasida davom ettirgan.

Tarixni oʻrganish davomida Shlegel doimo zamonaviy adabiyotga nazar tashlagan va ikkisini taqqoslagan. U nemis sheʼriyatini yunon sheʼriyati kabi mukammallikka erishishini orzu qilgan. Shu sababli u qadimgi davr sheʼriyatini chuqur oʻrganish tarafdori boʻlgan va talab qilgan. „Yunon sheʼriyatini oʻrganish haqida“ nomli maqolasida u yangi sheʼriyatni qoralaydi: yunon sheʼriyati boʻlsa, ayniqsa Sofokl tragediyalarida naturalizm oʻz choʻqqisiga yetganligi, erkinlik, goʻzallik va obyektivlik oʻziga xos tarzda tasvirlanganligini taʼkidlagan.

Yens toʻgaragi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1796-yilda u Drezden shahrida Yens shahriga, oʻz akasi yoniga koʻchib oʻtgan. Yensda u Reyxardtning „Germaniya“sida akasi Avgust Shlegelning qarshiliklariga qaramay Shillerning „Muzalar almanaxi“ga retsenziya yozgan. Ushbu maqolasida u Gyoteni buyuk shoir ekanligini taʼkidlagan, Shillerni esa nafaqat shoir sifatida, balki oddiy inson sifatida ham juda qattiq tanqid qilgan. „Sheʼriyatni oʻrganish haqida“ nomli maqolasida u Shillerga nisbatan keskin tanqidini unga aytilgan maqtovlar bilan oʻzgartirmoqchi boʻladi, lekin juda kech edi. Shu tufayli Shiller va Shlegel oʻzaro aloqalari barham topgan.

1827-yilda u Venada falsafa tarixidan maʼruzaxlar oʻqiydi, 1828-yil kuzida esa Drezdenda til va soʻz falsafasidan maʼruzalar oʻta boshlaydi. 1829-yilning 11-yanvarda 12-yanvarga oʻtar kechasi Shlegel qoʻqqisdan Drezdenning Stadt Berlin mehmonxonasida jiyani Avgusta qoʻlida vafot etgan.

Bibliografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Fridrix Shlegel. Estetika. Falsafa. Tanqid. 2 tomda. M., 1983;
  • Shlegel. K. V.F. Hayot falsafasi. Tarix falsafasi. — M.: Quadrivium, 2015. — 816 s. — ISBN 978-5-716-40628-5;
  • Shlegel. K. V.F. Til va soʻz falsafasi. Lyusinda. — M.: Quadrivium, 2018.
  1. (unspecified title)
  2. Friedrich Schlegel-Handbuch / Ed. J. Endres. J. B. Metzler, Stuttgart 2017, ISBN 978-3-476-02522-7.
  3. Popov Yu. N. Filosofsko-esteticheskie vozzreniya Fridrixa Shlegelya // Fridrix Shlegel. Estetika. Filosofiya. Kritika. V 2-x tt. M., 1983. T. 1. S. 7-37.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Fridrix Shlegel
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?