For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Eusébio.

Eusébio

Eusebio
1973-yilda Eusebio Benfika jamoasi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eusébio da Silva Ferreira
Tavallud sanasi 25-yanvar 1942-yil
Tavallud joyi Maputu,
Portugaliya Sharqiy Afrikasi
Vafot sanasi 5-yanvar 2014-yil(2014-01-05)
(71 yoshda)
Vafot joyi Lissabon, Portugal
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)[1]
Ampluasi Striker
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sporting Lourenço Marques
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1957–1960 Sporting Lourenço Marques 42 (77)
1961–1975 Benfica 301 (317)
1975 Boston Minutemen 7 (2)
1975 Monterrey 10 (1)
1975–1976 Toronto Metros-Croatia 21 (16)
1976 Beira-Mar 12 (3)
1976–1977 Las Vegas Quicksilvers 17 (2)
1977–1978 União de Tomar 12 (3)
1978–1979 New Jersey Americans 9 (2)
1979–1980 Buffalo Stallions (yopiq) 5 (1)
Total 436 (424)
Milliy terma jamoa
1961–1973 Portugaliya[2] 64 (41)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Eusébio da Silva Ferreira (pt-PT; 1942-yil 25-yanvar – 2014-yil 5-yanvar), „Qora pantera“ yoki „Qirol“ laqabini olgan[3][4][5][6]) – portugaliyalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan[7][8]. Eusébio barcha davrlarning eng buyuk oʻyinchilaridan biri hamda „Benfika“ jamoasining eng yaxshi oʻyinchisi hisoblanadi[9]. Ferreira oʻzining tezligi, texnikasi, atletikasi va oʻng oyoq zarbasi bilan mashhur boʻlib, faoliyati davomida 745 oʻyinda 733 ta gol urgab va tarixdagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan.

Eusebio Portugaliya terma jamoasiga 1966-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallashga yordam bergan va oʻzizning toʻqqizta goli bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[10]. Eusébio Portugaliya terma jamoasining jahon chempionatidagi eng yaxshi toʻpurari boʻlib qolmoqda. U 1965-yilda „Oltin toʻp“ sovrinini qoʻlga kiritgan va 1962 va 1966-yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan. Benfika klubi tarkibida 440 ta oʻyinda 473 ta gol urgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi. Benfika klubining 1960-yillardagi katta muvaffaqiyatlarda beqiyos oʻrin tutadi va oʻn bir marta Primeira Liga chempionligi va Yeropa chempionlar kubogi gʻolibligi, shuningdek, 1963, 1965 va 1968-yillarda Yevropa chempionlar kubogi finallariga qadar yetib borishida jamoaning ajralmas qismi boʻlgan. Eusébio 48 ta gol bilan Yevropa chempionlar kubogi (Chempionlar ligasining avvalgi nomi) musoboqasida Alfredo Di Stefanodan keyin eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Eusébio 1964/1965, 1965/1966 va 1967/1968-yillarda Yevropa chempionlar kubogi toʻpurari boʻlgan. Eusébio shuningdek, yetti marta Primeira toʻpurari uchun Bola de Pratani mukofotini qoʻlga kiritgan. Eusébio 1968-yilda Yevropaning enga yxshi toʻpurarga beriladigan „Oltin butsa“ sovrinini qoʻlga kiritgan birinchi futbolchi boʻlgan va keyinchalik bu yutuqni 1973-yilda ham qoʻlha kiritgan.

Nafaqaga chiqqanidan to vafotiga qadar Eusebio futbol elchisi boʻlgan va oʻz avlodining eng taniqli yuzlaridan biri hisoblangan. Uning nomi koʻpincha barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida va futbol tanqidchilari va muxlislari soʻrov nomlarida uchraydi. U IFFHS tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 20-asrning eng yaxshi toʻqqizinchi futbolchisi va World Soccer jurnali tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 20-asrning oʻninchi eng yaxshi futbolchisi deb tanlangan. Pele 2004-yilda oʻzizning FIFA 100 roʻyxatida Eusebioni eng yaxshi tirik 125 futbolchidan biri deb atagan. Eusébio UEFA Oltin Yubiley soʻrovi uchun onlayn ovoz berishda yettinchi boʻlgan[11]. 2003-yil noyabr oyida UEFA yubileyini nishonlash uchun u Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan soʻnggi 50 yil ichida eng koʻzga koʻringan futbolchi sifatida Portugaliyaning Oltin futbolchisi sifatida tanlangan. Eusébio vafotidan koʻp oʻtmay, Di Stefano shunday degan: „Men uchun Eusebio har doim barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi boʻlib qoladi“[12].

Eusebio 1942-yil 25-yanvarda Portugaliyaning Mozambikdagi Lourensu Markes (hozirgi Maputo) mahallasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Laurindo Antonio da Silva Ferreyra, portugaliyalik Angolasi Malanje shahridan oq tanli temiryoʻl ishchisi, xotini esa Elisa Anissabe qora tanli Mozambik edi[13]. Eusébio ota-onasining besh farzandidan (Jaime, Alberto, Adelino, Eusebio va Lucilia) toʻrtinchi farzandi edi[14]. Elisa Anissabeni ikkinchi nikohdan (Gilberto, Inocencia va Fernando) yana uchta farzand koʻrgan. Eusébio nihoyatda kambagʻal mahallada oʻsgan boʻlib, maktab darslarini qoldirib, doʻstlari bilan yalang oyoq futbol oʻynagan. Otasi 1950-yilda, Eusebio sakkiz yoshiligi vaqtida qoqsholdan vafot etgan[15]. Yoshligidan futbolga berilib ketgan Eusebio 4-sinfgacha oʻqigan[16][17][18], va aka-uka va opa-singillari orasida boshlangʻich maʼlumotga ega boʻlmagan yagona oila aʼzosi edi. Uning uchta ukasi muhandis boʻlgan[19][20].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum LIga Kubok Yevropa[21] Boshqa[lower-alpha 1] Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Sporting de Lourenço

Marques

1957 Moçambola 4 9 4 9
1958 7 11 7 11
1959 11 21 11 21
1960 20 36 20 36
Jami[22] 42 77 42 77
Benfica 1960–61[23] Primeira Divisão 1 1 1 1 0 0 2 2
1961–62[24][25] 17 12 7 11 6 5 1 1 31 29
1962–63[26][27] 24 23 6 8 7 6 2 1 39 38
1963–64[28] 19 28 6 14 3 4 28 46
1964–65[29] 20 28 7 11 9 9 36 48
1965–66[30] 23 25 2 5 5 7 30 37
1966–67[31] 26 31 3 7 4 4 33 42
1967–68[32] 24 42 2 2 9 6 35 50
1968–69[33] 21 10 9 18 5 1 35 29
1969–70[34] 22 21 2 1 4 4 28 26
1970–71[35] 22 19 7 9 3 7 32 35
1971–72[36] 24 19 5 8 8 1 37 28
1972–73[37] 28 40 1 0 4 2 33 42
1973–74[38] 21 16 3 2 4 1 28 19
1974–75[39] 9 2 0 0 4 0 13 2
Jami 301 317 61 97 75 57 3 2 440 473
Boston Minutemen 1975[40] NASL 7 2 1 0 8 2
Monterrey 1975–76 Mexican Primera División 10 1 10 1
Toronto Metros-Croatia 1976[40][41] NASL 21 16 4 2 25 18
Beira-Mar 1976–77[22] Primeira Divisão 12 3 12 3
Las Vegas Quicksilvers 1977[40] NASL 17 2 17 2
União de Tomar 1977–78[22] Segunda Divisão 9 3 9 3
New Jersey Americans 1978[40] ASL 9 2 9 2
1979
Buffalo Stallions (yopiq) 1979–80[40] MISL 5 1 5 1
Umumiy faoliyat 433 424 61 97 75 57 8 4 577 582
  1. Appearances in Intercontinental Cup, North American Soccer League Playoffs

International

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar[42]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Portugaliya 1961 2 1
1962 5 2
1963 1 0
1964 6 4
1965 7 7
1966 12 12
1967 6 3
1968 2 1
1969 4 2
1970 1 0
1971 5 2
1972 9 4
1973 4 3
Jami 64 41

Umumiy

Maxsus

  1. „Eusébio: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
  2. Pierrend, José Luis „Eusébio Ferreira da Silva – Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2005-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 10-mart.
  3. „Gone but not forgotten“. fifa.com. FIFA (2014-yil 31-dekabr). 2015-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  4. „From Africa to posterity: How Eusébio lit up the World Cup“. The Guardian (2010-yil 6-iyun). 2019-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  5. „Eusébio“. dnoticias.Pt. — „Segundo António Vitalino Dantas, "Eusébio foi realmente o primeiro e maior futebolista da África e de Portugal" e um "grande embaixador" de Moçambique e de Portugal e é considerado "o rei" do futebol." [According to António Vitalino Dantas, "Eusébio was actually the first and greatest footballer of Africa and Portugal" and a "great ambassador" for Mozambique and Portugal and is considered "the king" of football."]“. 2014-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-yanvar.
  6. „Eusébio destaca nível de CR7“. noticias-do-futebol.com. — „Hoje e sempre o Rei do futebol português, Eusébio ... [Now and always the king of Portuguese football, Eusébio ...]“. 2014-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-yanvar.
  7. Stokkermans, Karel „IFFHS' Century Elections“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2000-yil 30-yanvar). 2009-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-mart.
  8. „Eusebio: Portugal football legend dies aged 71“. BBC Sport (2014-yil 5-yanvar). 2015-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-yanvar.
  9. „Eusébio vinha para o Sporting mas foi "desviado" pelo Benfica no aeroporto de Lisboa? (Com vídeo)“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  10. „Portugal's beloved and brilliant Black Panther“. FIFA.com. 2015-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  11. „Golden Players take centre stage“. UEFA (2003-yil 29-noyabr). 2004-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  12. „Eusebio, 'La Pantera de Mozambique'“. MARCA. 2019-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-fevral.
  13. Eusébio: Portugal and Mozambique mourn their soccer legend (Wayback Machine saytida 1 September 2019 sanasida arxivlangan) Portuguese American Journal
  14. Vaza, Marco „Eusébio nunca será suplente na equipa dos melhores de sempre“ (pt). PÚBLICO (2014-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  15. „Eusébio: As lendas não morrem“ (pt). www.flash.pt. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
  16. „A guerra para garantir Eusébio... ou Ruth com th“ (pt). Jornal Expresso. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  17. „Eusébio: As lendas não morrem“ (pt). www.flash.pt. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  18. „Uma longa viagem da Mafalala ao céu“ (pt-PT). www.record.pt. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  19. "Eusébio – A minha História", João Malheiro, 2005, QN-Edição e Conteúdos, pág. 14
  20. „Eusébio: "O Sporting de Lourenço de Marques era um clube de elite, um clube da polícia, que não gostava das pessoas de cor"“ (pt). Tribuna Expresso. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
  21. „Eusébio Ferreira da Silva - Goals in European Cups“. 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-sentyabr.
  22. 22,0 22,1 22,2 „Eusébio da Silva Ferreira“. Foradejogo.net. 2019-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-mart.
  23. Almanaque Benfica p. 293
  24. Almanaque Benfica p. 301
  25. Gorgazzi, Osvaldo José „Intercontinental Club Cup 1961“. RSSS (1999-yil 14-aprel). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.
  26. Almanaque Benfica p. 308
  27. Gorgazzi, Osvaldo José „Intercontinental Club Cup 1962“. RSSS (1999-yil 14-aprel). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.
  28. Almanaque Benfica p. 315
  29. Almanaque Benfica p. 322
  30. Almanaque Benfica p. 329
  31. Almanaque Benfica p. 335
  32. Almanaque Benfica p. 342
  33. Almanaque Benfica p. 349
  34. Almanaque Benfica p. 356
  35. Almanaque Benfica p. 364
  36. Almanaque Benfica p. 371
  37. Almanaque Benfica p. 377
  38. Almanaque Benfica p. 383
  39. Almanaque Benfica p. 390
  40. 40,0 40,1 40,2 40,3 40,4 „North American Soccer League Players – Eusebio“. nasljerseys.com. 2011-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-yanvar.
  41. „The Year in American Soccer – 1976“. homepages.sover.net. 2015-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-avgust.
  42. Eusébio Ferreira da Silva – Goals in International Matches (Wayback Machine saytida 10 October 2022 sanasida arxivlangan). rsssf.org (29 October 2005). Retrieved on 8 May 2011.
  • Ferreira, Eusébio da Silva. Meu nome é Eusébio, autobiografia do maior futebolista do mundo, first, Publicações Europa-América, October 1966. 
  • Melo, Afonso de. Viagem em redor do planeta Eusébio, Second, PrimeBooks, March 2005. ISBN 972-8820-49-6. 
  • Lopes, Luís. Os Magníficos: Eusébio, um dos imortais do jogo, First, QuidNovi, 2008. ISBN 978-989-554-503-2. 
  • Malheiro, João. Eusébio, a biografia, first, Verso da História, 2014. ISBN 978-989-8657-53-4. 
  • Juan de Orduña, Eusébio, la Pantera Negra (1973)
  • Filipe Ascensão, Eusébio: História de uma Lenda (2017)
  • António Pinhão Botelho, Ruth (2018)
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Eusébio
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?