For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Dostonchilik.

Dostonchilik

Dostonchilik — xalq ogʻzaki poetik ijodidagi qadim epik anʼana. Dastlab qoʻshiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10— 11-asrlar) doʻmbira jo'rligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonchilikning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari boʻylaridagi qadim koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihagoʻylar koʻpayib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela boshladi. Natijada 15—16-asrlarga kelib koʻpgina dostonchilik maktabi paydo boʻldi. 17—18-asrlar D. taraqqiyotida jiddiy koʻtarilish bosqichi, 19—20-asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari boʻlib, ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Boʻron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yoʻldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Yoʻldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Poʻlkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Berdi baxshi, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir shoir, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi yetakchi sanʼatkorlar uzlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik anʼanani davom ettirdilar. D.da qatiy tartibga rioya qilingan: doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, toʻy-hashamlar ham baxshilarsiz oʻtmagan. Tinglovchilar baxshini toʻrga oʻtqazib, atrofida qoʻr toʻkib oʻtirganlar. Baxshi doʻmbirasini sozlab, tinglovchilarga "Nima aytay" termasi bilan murojaat qilgan, "Kunlarim", "Doʻmbiram" termalarini aytib, tinglovchilar eʼtiborini oʻziga jalb etgan. Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos soʻz topib, oʻsha soʻzlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish bilan, oʻzi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olganlar. Mas, Shernazar Berdinazar oʻgʻli yetti kecha davomida doston ayta olgan. Baʼzi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni toʻxtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. D. kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan. Bunday hollarda dostonchilar oʻzaro tortishuvga kirishganlar: bir-birlarining iqtidorlarini, soʻzdagi chechanligini, soz chalishdagi mahoratlarini sinaganlar. Tinglovchilar ularga baho berganlar. Xalq olqishini ololmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.

D. anʼanasi hozirgi kunda ham davom etmoqda, ammo kuylash tartibi va sharoitlarida birmuncha oʻzgarishlar bor. Endiliqda baxshilar teatrlarda, konsert zallarida, katta sayil va hasharlarda, radio va televideniye orqali uyushtirilgan olimpiada va tanlovlarda oʻz mahoratlarini keng tomoshabinlar oldida namoyish etmoqdalar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979; Razzoqov H., Mirzayev T. va b., Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.

Tura Mirzayev.


{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Dostonchilik
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?