For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Davlat mulki.

Davlat mulki

Davlat mulki — mulkchilik shakllaridan biri, davlatga qarashli va uning uz vazifalarini bajarishi uchun zarur barcha mol-mulklar va mulkiy huquklar. D.m. tushunchasi "davlat" tushunchasi bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ular doimo bir-birini taqozo etib keladi. Oʻtmishda D.m. asosan bosqinchilik urushlari hisobiga koʻpayib bordi. D.m. tarkibiga imoratlar va yerdan tashqari oziqovqat mahsulotlari, ot-ulov vositalari, yem va b. ham kirgan. Kapitalizm davriga kelib turli sohalar (pul muomalasi, bandlik, tashqi savdo, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, madaniyat, taʼlimni rivojlantirish va b.)da davlat boshqaruvchilik vazifasini bajara boshladi. Shunga bogʻliq xrlda D.m. ham maktablar, kasalxonalar, pul-kredit muassasalari, elchixonalar va b. hisobiga ortib bordi. Hoz. rivojlangan mamlakatlarda davlatga qarashli korxonalar ulushi turlichadir. Mas, AQSH, Yaponiyada bu miqdor juda kam (2% atrofida). Yevropada yalpi ichki mahsulotning 10%dan (Germaniya) 30%gacha (Avstriya) boʻlgan ulushini davlat korxonalari ishlab chiqaradi. Ularda 4%dan (Buyuk Britaniya) 20— 25%gacha (Avstriya, Gretsiya, Fransiya) ish kuchi band. Davlat korxonalari iqtisodiyotda yalpi kapital qoʻyilmalarining (Germaniya, Buyuk Britaniyada) 1/6 qismini, Fransiyada 1/3, Avstriyada 1/2 qismini amalga oshiradi. AQShda ekiladigan yerlarning 1/3 qismi federal hukumat mulkiga kiradi.

Jahon tajribasida D.m. asosan ikki yoʻl bilan paydo boʻladi: davlat byudjet vositalari hisobiga mol-mulk obʼyektlari yoki davlat korxonalarini barpo etadi; davlat xususiy mulkchilik egaligida boʻlgan mol-mulkni qisman yoki toʻlaligicha milliylashtirish (natsionalizatsiya)ni amalga oshiradi. Davlat korxonalari mulki shu tartibda davlat byudjeti vositalari hisobidan butun iqtisodiyotning faoliyat kursatishi uchun zarur bulgan serharajat infratuzilma korxonalari (kommunal xoʻjaligi, energetika, transport, aloqa)ni barpo etish, ilmiy-texnika progressi bilan bogʻliq ayrim kapitaltalab tarmoqlar (elektronika, aviatsiya)ni rivojlantirish, zarar kurib ishlayotgan korxonalarni (mas, kumir sanoati korxonalari)ni milliylashtirish va b. yuli bilan shakllanadi.

Oʻzbekistonda Oktyabr tuntarishidan boshlab 20-asrning 90-yillar boshigacha — Respublika mustaqillikka erishgunga qadar shaxsiy va kooperativ mulkdan tashqari barcha mol-mulk D.m. hisoblanar edi. Mustaqillikdan soʻng mulkchilikning hamma shakllari — D.m., aralash mulk, qoʻshma korxonalar mulki, jamoa mulki, aksiyadorlik mulki va b.ning daxlsizligi va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratish qonun yoʻli bilan mustahkamlandi. Shunga koʻra mulkchilik munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek, 1990-yil 31 oktabrda kuchga kirgan "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi qonun hamda bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasida D.m. tarkibi, turlari qatʼiy belgilab qoʻyildi. Iqtisodiy islohotlarning yetakchi boʻgʻini tarzida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish yoʻnalishi tanlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi D.m. respublika mulki va maʼmuriy-xududiy tuzilmalar mulkidan tashkil topadi. Respublika mulkiga (yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, mamlakat hududi doirasidagi xavo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, respublika hokimiyat va idora organlari mol-mulki, respublika xalqlarining madaniy va tarixiy boyliklari, respublika byudjeti mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va b. davlat fondlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi mulki, davlatning byudjet yoki boshqa mablagʻlari evaziga yaratilgan yoki sotib olingan korxonalar, tashkilotlar, oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek, intellektual faoliyat natijalari va b. kiradi. Maʼmuriy- hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk) mahalliy davlat hokimiyati idoralari mulki, kommunal uy-joy fondi va kommunal xoʻjaligi korxonalari, mahalliy byudjet mablagʻlari, madaniyat, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi muassasalari va b.dan iborat. Oʻzbekistonda D.m.ga boʻlgan mulkchilik huquqini xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan markaziy davlat idoralari (vazirliklar) hamda mahalliy hokimiyat idoralari amalga oshiradilar. Abdulla Abduqodirov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Davlat mulki
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?