For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Bugʻusimonlar.

Bugʻusimonlar

Bugʻusimonlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Bugʻusimonlarjuft tuyoqli sut emizuvchilar oilasi. Dumi kalta, boshi uzunchoq, oyoqlari ingichka, qomati kelishgan. Yuqori jagʻida kurak tishlari yoʻq. Oziq tishlari yassi, dumi ostida katta oq xoli – „darcha“si bor. Yosh bugʻusimonlar koʻpincha olachipor boʻladi. Suv bugʻusimonlardan tashqari, deyarli hamma Bugʻusimonlarning shoxi bor, lekin ayrim turlarining faqat erkagida shox boʻladi. Shimol bugʻusining erkagi ham, urgʻochisi ham shoxli. Bugʻusimonlar Yevropa, Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmon, toʻqay, oʻrmondasht va tundrada yashaydi. Turli oʻtlar, butalar, har xil oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Bugʻusimonlar 1,5 yoshda voyaga yetadi. Kuzda yoki yoz oxirida juftlashadi. Bu vaqtda erkaklari boʻkirib yuradi. Urgʻochisi bahorda yoki yoz boshida 1–2 ta, suv bugʻusimonlar 4 ta va undan ham koʻproq tugʻadi. Bahor va kuzda, baʼzi turlari faqat bahorda tullaydi. Bugʻusimonlarning 48 turi boʻlib, ular muntjaklar, suv bugʻusimonlar, asl bugʻusimonlar va Amerika bugʻulari 4 kenja oilaga boʻlinadi. Muntjaklar kenja oilasiga mansub bugʻusimonlarning boʻyi 60 sm, shoxi kalta. Erkagining ustki jagʻida xanjardek uzun qoziq tishlari bor. Bu kenja oila 2 urugʻ: muntjaklar va tojli bugʻulardan iborat. Muntjaklar urugʻining vakili – Hindiston muntjagi. Suv bugʻusimonlari kenja oilasining faqat 1 turi boʻlib, Xitoyda uchraydi. Dare soxdllaridagi qamishzorlarda 2–3 tadan boʻlib yuradi. Boʻyi past (0,5 m cha), shoxi yoʻq. Erkagining ustki jagʻidagi uzun qoziq tishlari tashqariga chiqib turadi. Asl bugʻusimonlar kenja oilasi buyi 0,6–2,2 m keladigan, ancha yirik hayvonlardir. Ustki jagʻlaridagi qoziq tishlari kichkina yoki butunlay boʻlmaydi. Bu kenja oila yelik, los va hokazodan iborat urugʻlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda asl B.ning bir turi – xongul yashaydi. Amerika bugʻusimonlari kenja oilasi boʻyi 0,3–1,3 m keladigan mayda va oʻrta boʻyli bugʻulardan iborat. Boshqa B.danʼbosh skletidagi baʼzi suyaklarining tuzilishi bilan farq qiladi. Bu kenja oila mazamalar, pudu, pampas va shimol bugʻulari urugʻlariga boʻlinadi. Bugʻusimonlar koʻplab ovlanadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi. Asl bugʻuning pant deb ataladigan yosh shoxlaridan dori tayyorlanadi. Shimol bugʻusi xonakilashtirilgan boʻlib, xoʻjalik uchun katta ahamiyati bor. Kaborgilarning bir turi tarqalgan. Bugʻusimonlarning 11 turi 20 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Bugʻusimonlar
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?