For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Bibliyaning soʻgʻdcha tarjimalari.

Bibliyaning soʻgʻdcha tarjimalari

X asrga oid Bulayliqdan topilgan sharqiy suryoniycha matn (Luqo, 16)

Bibliyaning soʻgʻdcha tarjimalari — IX—X asrlarda sugʻd tiliga tarjima qilingan Bibliyaning ayrim parchalari[1]. Saqlanib qolingan barcha qoʻlyozmalar yakshanba va muqaddas kunlarda oʻqish uchun moʻljallangan, toʻliq boʻlmagan diniy matnlardir. Bibiliya toʻliq tarjima qilingan yoki qilinmaganligi nomaʼlum, ammo C13 deb nomlangan matn Matto Injili (Yevangeliya) ning tarjima parchasi boʻlishi mumkin[2]. Barcha matnlar, faqat bittasidan tashqari, suryoniy yozuvida yozilgan, bizgacha faqat sugʻd yozuvida yozilgan Zaburning bir necha sahifalarigina yetib kelgan[3].

Turfondan topilgan, suryoniy yozuvida yozilgan sugʻd nasroniylik matni (IX—XI asrlar)

Saqlanib qolingan sugʻdcha matnlarning hech biri ibroniy yoki yunon tilidan tarjima qilinmagan. Hammasi, faqat bittasidan tashqari, Peshitta asosida suryoniy yozuvidan qilingan tarjimalar hisoblanadi. Bibliyadan tashqari tarjima qilingan nasroniy va moniylikka oid asarlarning bir qator sugʻdcha parchalarida kitobdan iqtiboslar keltirilgan, bu esa ular asarlar bilan birgalikda tarjima qilinganidan dalolat beradi[2].

Bizgacha yetib kelgan Bibliyaning barcha sugʻd matnlari Turfon yaqinidagi Bulayiq monastiri xarobalaridan topilgan, bu monastir nasroniylikning sharqiy suryoniy yoʻnalishiga tegishli boʻlgan Sharq (nestorian) cherkovi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Xuddi shu joyda suryoniy, pahlaviy va fors tillaridagi Bibliya matnlari topilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, mahalliy til boʻlgan sugʻd tili asta-sekinlik bilan ilk missionerlar muloqot tili boʻlgan pahlaviy tilini siqib chiqargan va bu til Oʻrta Osiyoga tarqala boshgach[2], oʻz navbatida fors tilini siqib chiqara boshladi. Biroq, Bulayiq rohiblarining koʻpchiligining dastlabki tili qadimgi uygʻur tili boʻlgan[3].

Bibliya faqat sugʻd tilining hozirgi vaqtda saqlanib qolingan yagona avlodi hisoblanuvchi yagʻnob tiliga tiliga tarjima qilinmagan[4].

Qoʻlyozmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Qoʻlyozma C5. Matto, Luqo va Yuhanno Injilidan parchalar[2].
  2. Ikki tildagi, yaʼni sugʻd va suryoniy tillaridagi Injil maʼruzalari[2].
  3. Qoʻlyozma C13. Sahifaning ikki parchasida Matto Injilining boshidagi matn ham sugʻd, ham suryoniy tilidan iborat[2].
  4. Qoʻlyozma C23. Ikki tilli sugʻd–suryoniydagi Pavel maktublari maʼruzalari[2].
  5. Ikki tilli ugʻd–suryoniydagi Zaburning suryoniycha sarlavhalari bilan[2].
  6. Zaburning yunon yozuvida yozilgan sugʻd tilidagi parchasi[2].
  7. Sugʻd yozuvidagi bir qancha diniy qoʻshiqlar[2].
  1. Mark Dickens. „The Syriac Bible in Central Asia“ (ingliz tilida) 92—120-sahifalar. Gorgias Press (2009). 2022-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2022-yil.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 Nicholas Sims-Williams. „Bible V: Sogdian Translations of the Bible“ (ingliz tilida) 207 bet. Encyclopædia Iranica (1989). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 Chiara Barbati. „Syriac into Middle Iranian: A Translation Studies Approach to Sogdian and Pahlavi Manuscripts within the Church of the East“ (ingliz tilida) 444—457-sahifalar. Open Linguistics (2015). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
  4. „Bibliya. IV. Perevodi“ (rus tilida). 2022-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2022-yil.
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Bibliyaning soʻgʻdcha tarjimalari
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?