For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Baroqxon.

Baroqxon

Baroqxon (toʻliq ismi — Baroqxon ibn Eson Tuva ibn Mutugen ibn Chigʻatoy) (? — 1271) — Chigʻatoy ulusi xoni (1266— 71). Jamol Qarshiyning yozishicha, 1266-yil Ohangaron vodiysida Chigʻatoy avlodlaridan birinchi boʻlib islomga kirgan Muborakshoh oʻzini Chigʻatoy ulusi xoni deb eʼlon qiladi. Shu tariqa birinchi marta Chigʻatoy ulusiga moʻgʻullar davlati oliy hukmdori tayinlamagan kishi xon boʻladi. Bundan gʻazablangan oliy hukmdor Xubilay B.ni Turkistonga joʻnatadi. U das-tlabki vaqtlarda oʻzining xon qilib yuborilgani xususidagi yorliqni yashirib, goʻyo boshpana izlab kelgandek Surxondaryoga — qarindoshlari huzuriga boradi va asta-sekin moʻgʻullardan qoʻshin toʻplay boshlaydi. 1266-yil sentabrda B. Muborakshoh qoʻshini bilan jang qilib, uni asir oladi va Oʻzganda oʻzini Chigʻatoy ulusi xoni deb eʼlon qiladi. Ammo, B. tez orada Xubilay qoonga itoat qilmay qoʻyadi. Shu bois Xubilay unga qarshi qoʻshin yuboradi, B. Sharqiy Turkistonda Xubilay qoʻshinini tor-mor keltiradi. Shu vaqt chingiziylardan Xaydu markaziy hokimiyat bilan B. oʻrtasidagi qarama-qarshiliklardan foydalanib Yettisuv va Sirdaryoning sharqidagi yerlarni bosib olish taraddudiga tushadi. Natijada 1268-yil har ikki tomon qoʻshinlari toʻqnashib, B. yengiladi. Ammo, Xaydu uni taʼqib etmay, kelasi yili bahorda qurultoyga kelishni va oʻrtadagi raqobatga chek qoʻyib, sulh tuzishni taklif qiladi. 1269-yil bahorida qurultoy chaqirilib, unda sulh tuziladi va Xaydu bilan B. tasarrufidagi yerlar chegarasi aniq belgilab olinadi. B. vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Tuva (Duva) taxtga oʻtiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Baroqxon
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?