For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Al-Vazir masjidi.

Al-Vazir masjidi

Masjid
Al-Vazir masjidi
arabcha: جامع الوزير
Masjidning tashqi koʻrinishi
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 33°20′21″N 44°23′19″E / 33.3392°N 44.3885°E / 33.3392; 44.3885
Yoʻnalishi Sunniy
Maqomi masjid
Hajmi 400 kishi
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati aktiv

Al-Vazir masjidi (arabcha: جامع الوزير) Iroqning Bagʻdod shahridagi eski masjid boʻlib, u madaniy meros obyekti hisoblanadi. Masjid 1599-yilda Usmonlilar davrida Bagʻdod vaziri Hasan Posho tomonidan qurilgan. Keyinchalik masjidda bir qancha taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Masjidning asosiy xususiyati Usmonli meʼmorchiligiga xos ekanligidir[1]. U Al-Rusafa tumanida, Souk al-Saray orqasida, Dajla daryosi qirgʻogʻida joylashgan. Masjidda 400 dan ortiq namozxonlar uchun namozgoh mavjud. Masjidning chap tomonida dumaloq minora joylashgan. Masjid tarkibidagi bogʻ maydoni Dajla daryosi qirgʻogʻiga qadar choʻzilgan[2].

Masjid joylashgan hududi, shuningdek, al-Vazir masjidining oʻzi ham YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].

Masjid qurilish ishlari ilk bor 1599-yilda Usmonlilar imperiyasi davrida Bagʻdodni 1594–1603-yillarda boshqargan Hasan Posho rahbarligida boshlangan[1]. Keyinchalik 1604-yilda Dajla daryosiga qaragan masjid yonida mashhur kafe qurilib, „Hasan Posho kafesi“ nomini olgan[3]. 1686-yilda „Ahmed ogʻa“ ismli qoʻshin zobitiga masjidning gʻarbiy tomonini qayta qurish vazfasi buyuriladi. U baland gumbaz ham qurib, maydonni kengaytiradi[1].

Masjidga 1816-yilda ingliz sayyohi va jurnalisti James Silk Buckingham Bagʻdodga tashrifi chogʻida kelgan. U masjidning „nafis gumbazi va baland minorasi“ borlligini taʼkidlagan[4].

Arxitektura tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Minora.

Al-Vazir masjidi Souk as-Sarayning markazida, al-Mutanabbiy koʻchasi yaqinida joylashgan. Masjidda sirlangan koshinlar va marmar bilan qoplangan gumbazdan tashqari anʼanaviy Iroq minorasi ham mavjud. Ichkarida Qur’on oyatlari va gul naqshlari bilan bezatilgan stalaktit va muqarnaslardan iborat bezaklar oʻrnatilgan. Masjidga kirish qismi sargʻish gʻisht bilan oʻralgan va koʻk rang bilan sirlangan yogʻoch eshik oʻrnatilgan. Masjidga kirgandan soʻng, majmuadagi 1000 kvadrat metrdan oshiq maydonga ega keng hovlini ko‘rish mumkin, devorlar naqshlar va yozuvlar bilan bezatilgan[5].

Masjid 1000 kvadrat metr maydonda qurilgan boʻlib, unda namoz oʻqiladigan ikkita joy mavjud. Masjidda 330 ga yaqin inson namoz oʻqishiga moʻljallangan yozgi nomozxona va 500 namozxonni sigʻdira oladigan qishki namozxona bor. Masjid Bagʻdoddagi eng goʻzal masjidlardan biri hisoblanadi va Dajla daryosi qirgʻogʻida joylashganligi sababli ham, xalq tomonidan mashxur bir kema halokatidan soʻng masjidning qurilishi amalga oshirilganligii haqidagi ertaklar yaratilgan[5].

{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Al-Vazir masjidi
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?