For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Abulqosim Lohutiy.

Abulqosim Lohutiy

Abulqosim Lohutiy
Asl ismi forscha: ابوالقاسم لاهوتی
Tavalludi 12-oktyabr 1887-yil
Vafoti 16-mart 1957-yil(1957-03-16)
(69 yoshda)
Moskva, SSSR
Kasbi 1907 – 1957
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari Tojikiston Qahramoni
Lenin ordeni

Abulqosim Lohutiy (1887-yil 12-oktyabr, Kirmonshoh, Gʻarbiy Eron – 1957-yil 16-mart, Moskva) – fors-tojik shoiri, yangi tojik sheʼriyatining asoschilaridan biri. 1905—11 yillardagi Eron inqilobining ishtirokchisi. „Bisotun“ gazetasi (1916, Kirmonshoh shahri), „Fors“ jurnali (1921, Istanbul shahri)ni nashr ettirgan. 1922 – yil ikkinchi Tabriz qoʻzgʻoloniga („Lohutiyxon qoʻzgʻoloni“) rahbarlik qilgan. Bu qoʻzgʻolon bostirilgach, Erondan chiqib ketishga majbur boʻladi. Avval Moskvada, soʻng Dushanbe shahrida yashay boshlaydi. „Uch qatra“ (1932), „Farangiston safari“ (1934) dostonlari, „Shevchenko vasiyatnomasiga javob“ (1934), „Oqin Jambulga“ (1937) va boshqa sheʼrlari xalqlar doʻstligi mavzusida. Ikkinchi jahon urushi yillari yozilgan sheʼr va dostonlari fashizm ustidan gʻalabaga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. „Temirchi Kova“ (1939) librettosi tojik adabiyotida bu janrda yozilgan ilk asardir. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan asarlarida tinchlik tarannum etilgan („Tinchliksevarlar qoʻshigʻi“, „Miting“ va boshqalar). „Eron naʼrasi“ (1950), „Koreya xalqiga“ (1952) sheʼrlarida esa Sharq xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashga daʼvat etiladi. A. S. Pushkin, A. S. Griboyedov, V. V. Mayakovskiy, U. Shekspir, Karpo Vega va boshqa yozuvchilarning asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Lohutiy bir necha yil Toshkentda yashadi. Oʻzbekistonga bagʻishlangan bir turkum sheʼrlar yaratdi („Oʻrta Osiyo“, 1934; „Oʻzbekiston“, 1939; „Oʻzbek onasining topshirigʻi“, „Doʻst keldi“, 1941 va boshqalar). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan (Devon, 8 • 1 1958; „Tanlangan asarlar“, 1968).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Abulqosim Lohutiy
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?