For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Narshaxiy.

Narshaxiy

Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling.

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik an-Narshaxiy (899—959) — tarixchi olim.

Narshaxiyning Buxoro tarixi asarining fransuzcha tarjimasi, 1892-yil

Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. N. 943—944 yillarda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. N.ning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand" ("Samarqandiya") va Abu Saʼd as-Samʼoniy (1113— 1167)ning "Kitob al-ansob" asarlarida N. haqida maʼlumotlar mavjud. N. oʻz tugʻilgan qishlogʻida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128-yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178—79 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi maʼlumotlar bilan maʼlum maʼnoda toʻldirganlar. "Buxoro tarixi" 36 bobdan ibo-rat boʻlib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bagʻishlangan. Ki-tobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qad. nomlari, qad. podshox,lariga bagʻishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Hyp, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqa

"Tarixi Narshaxiy" kitobining birinchi begi (Yangi Buxoro, 1904). "Buxoro tarixi" kitobining birinchi beti (Toshkent, 1966).shahar va qishloklarning tasviriga ba-gʻishlangan. Unda bu joylarning tarixi, axrlisi va uning mashgʻuloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir boʻlgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda Oʻrta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining oʻrnatilishi, islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va boshqa boshchiligidagi xalq qoʻzgʻolonlari batafsil hikoya qilinadi. "Buxoro tarixi"da 9-asrda Oʻrta Osiyoning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar davlatining barpo boʻlishi va somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid maʼlumotlar boʻlib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham ark va shah-ristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixi-nigina emas, balki butun Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda hamda nodir manbadir. "Buxoro tarixi" Parij (1892)da fransuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939)da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da oʻzbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan.

  • Buxoro tarixi, T., 1966.
  • Kamaliddinov Sh. S "Kitob al-ansab" Abu Sa’da Abdalkarima ibn Muham-mada as-Sam’ani kak istochnik po istorii i istorii kultur Sredney Azii, T., 1993; Najmuddin annasafiy, Samarqandiya, T., 2001.



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Narshaxiy
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?