For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for Rashidxon.

Rashidxon

Rashidxon, Abdurashidxon (1509/10, Andijon — 1563, Xoʻtan) -Moʻgʻuliston xoni (1533—63). Sulton Saʼidxonnnng oʻgʻli. R. jasur sarkarda, usta mergan, sayyoh, turk va fors tillarida Rashidiy taxallusi bilan ijod qilgan shoir hamda turli musiqa asboblarini chala bilgan sozanda va bastakor boʻlgan. Mirzo Haydar oʻzining mashhur "Tarixi Rashidiy" asarining nomini R. ismiga qoʻyganligini taʼkidlaydi. R. otasi davrida (1521—22) Yettisuv va Oqsuv voliysi hamda otasi urush safarida boʻlganida xon noibi vazifasini bajargan. Oʻz hukmronligi davrida muvaffaqiyatli ichki va tashqi siyosat olib borgan. Xonlikka boʻysunishdan bosh tortgan, xavf tugʻdirgan qoʻshni xonlik va qabilaurugʻ (qozoq, qirgʻiz, qalmoq, moʻgʻul)larga qarshi yurishlar (1537—38, 1544—45) olib borgan, chegaralarni mustahkamlagan. Ilmmaʼrifat, adabiyotsanʼat va uning muxlislarining homiysi boʻlgan. Madrasa, maktab, masjid, xonaqoh, hammomlar qurdirgan. Islom dini va tasavvufning rivojiga keng yoʻl ochib bergan. Naqshbandiya tariqatining yirik vakili Xoja Muhammad Sharif R.ning piri, ustozi edi. R. davrida Yorkend shahrida "Yashil Madrasa", 360 hujrali 2 qavatli hammom, Rashidiya madrasasi qurilgan. Madrasada musiqa va xattotlikka alohida eʼtibor berilgan. Turkiy xalqlarning madaniy merosi boʻlgan 12 maqom xonning rafiqasi Omonnisoxonim tomonidan tartibga solingan. Navoiyning oʻlmas asarlari mazkur musiqa xazinasidan oʻrin olgan. Xonning oʻzi 12 maqomning 24 shoʻʼbasini yaxshi bilgan. R. "Devoni Rashidiy", "Gʻazaliyoti Rashidiy" va "Salotinnoma" kabi asarlar muallifi. Biroq ular bizgacha yetib kelmagan, faqat turkiy va forsiy gʻazal va ulardan namunalar qoʻlyozma kitoblarda tilga olinib, qoʻshiklarda aytilib kelinmokda.

Omonbek Jalilov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
Rashidxon
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?