For faster navigation, this Iframe is preloading the Wikiwand page for 2-G7 sammiti.

2-G7 sammiti

2-G7 sammiti
Rambouillet II
Puerto-Rikodagi iqtisodiy sammit

Ikkinchi sammitda Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh delegatlari
Mezbon davlat AQSh
Sana 1976-yil 27-28-iyun
Oʻtkaziladigan joy(lar) Dorado Beach Hotel (hozirgi Dorado Beach Resort)
Ishtirokchilar Kanada bayrogʻi Kanada
Fransiya bayrogʻi Fransiya
Germaniya Federativ Respublikasi
Italiya bayrogʻi Italiya
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
AQSH bayrogʻi AQSh
Keyingi 3-G7 sammiti
Avvalgi 1-G6 sammiti

2-G7 sammiti (Rambouillet II deb ham ataladi[1]) sammiti 1976-yil 27-28-iyun kunlari Puerto-Rikoning Dorado shaxrida boʻlib oʻtdi[2]. Sammit uchrashuvlari uchun joy deb Puerto-Rikoning San-Juan yaqinida joylashgan Dorado Beach mehmonxonasi, hozirgi Dorado Beach Resort tanlandi[3].

Avval Katta oltilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlari va ilk bor ishtirok etayotgan Kanadani birlashtirgan norasmiy forum edi[4]. Ushbu sammit va undan keyin boʻladigan boshqa sammitlar kengroq xalqaro institutlar bilan rasmiy ravishda bogʻlanishi kerak emas edi. Va aslida, boshqa xalqaro uchrashuvlarning qatʼiy qarorlari sababli oʻziga xos umidsizlikka uchragan Fransiya prezidenti va Gʻarbiy Germaniya kansleri oʻrtasidagi hamkorlikning natijasi oʻlaroq tashkil etilgan edi[5].

Sammitda ishtirok etgan rahbarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

G7 Kanada, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh rahbarlarining norasmiy yillik forumidir.

2-G7 sammiti Birlashgan Qirollik bosh vaziri James Callaghan uchun birinchi sammit boʻldi va ushbu sammitga Kanada qoʻshilganligi sababli Kanada Bosh vaziri Pierre Trudeau ham ishtirok etdi. Bu, shuningdek, Italiya Bosh vaziri Aldo Moro, Yaponiya Bosh vaziri Takeo Miki va AQSh prezidenti Gerald Ford uchun soʻnggi sammit boʻldi.

Sammitning birinchi sessiyasi soat 16:15 da boshlanib, 19:05 da yakunlangan boʻlsa, ikkinchi, soʻnggi sessiysa 9:00 dan 11:30 gacha rejalashtirilgan boʻlsada[6], yetakchilarning nutqi soat 15:00gacha davom etdi[3]. Har ikkala sessiya Dorado Beach mehmonxonasining Del Mar salonida boʻlib oʻtdi[6].

Ishtirokchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu sammit ishtirokchilari xalqaro forumning hozirgi asosiy aʼzolaridir[7][2][8]. Kanadalik Trudeau sakkiz yillik tajribaga ega boʻlgani uchun taklif qilingan edi.

G7 sammiti ishtirokchilari
Mezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan.
Aʼzolar Vakil Lavozimi Amalga kelgan vaqti
Kanada Kanada Pierre Trudeau Bosh vazir 1968-yil
Fransiya Fransiya Valéry Giscard d'Estaing Prezident 1974-yil
Gʻarbiy Germaniya Gʻarbiy Germaniya Helmut Schmidt Kansler 1974-yil
Italiya Italiya Aldo Moro Bosh vazir 1974-yil
Yaponiya Yaponiya Takeo Miki Bosh vazir 1974-yil
Birlashgan Qirollik Birlashgan Qirollik James Callaghan Bosh vazir 1974-yil
Qoʻshma Shtatlar Qoʻshma Shtatlar Gerald Ford Prezident 1974-yil

Koʻrib chiqilgan masalalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammit uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish imkoniyat sifatida koʻrilgan. Amalda, sammit, shuningdek, uning a'zolari uchun qiyin iqtisodiy qarorlar oldida bir-birlariga oʻzaro dalda berish imkoniyati sifatida oʻylab topilgan[5].

  1. Silk, Leonard. „New Economic Summit Has Political Air“. The New York Times (1976-yil 16-iyun), s. 68. 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  2. 2,0 2,1 Japan, Ministry of Foreign Affairs (MOFA): Summit Meetings in the Past; although this article is named "2nd G7 summit" because it is the second in a series of summits which will become continuing, it is actually the first time that the G7 meets
  3. 3,0 3,1 US Embassy in Japan: Chronology, June 1976; (Wayback Machine saytida 2010-07-15 sanasida arxivlangan) Shabecoff, Philip. "Go-Slow Policies Urged by Leaders in Economic Talks; Closing Statement Calls for Sustained Growth Coupled With Curbs on Inflation; Ford's Aims Realized; 7 Heads of Government Also Agree to Consider a New Body to Assist Italy Co-Slow Economic Policies Urged by 7 Leaders," New York Times. June 29, 1976; excerpt, "SAN JUAN, P.R., June 28 President Ford and six other leaders of industrial democracies announced here today that they had agreed to pursue the objective of sustained economic growth.... The leaders met at the palm fringed Dorado Beach Resort near here."
  4. Saunders, Doug. "Weight of the world too heavy for G8 shoulders," Globe and Mail (Toronto). July 5, 2008 -- n.b., the G7 becomes the G8 with the inclusion of Russia starting in 1997.
  5. 5,0 5,1 Reinalda, Bob and Bertjan Verbeek. (1998). Autonomous Policy Making by International Organizations, p. 205.
  6. 6,0 6,1 „The Economic Summit at Puerto Rico, March 1976–January 1977“. Office of the Historian. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  7. Rieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV)," (Wayback Machine saytida June 3, 2010, sanasida arxivlangan) Brookings. March 27, 2009; "core" members (Muskoka 2010 G-8, official site). (Wayback Machine saytida June 3, 2010, sanasida arxivlangan)
  8. MOFA: Summit (8); European Union: "EU and the G8" (Wayback Machine saytida February 26, 2007, sanasida arxivlangan)
{{bottomLinkPreText}} {{bottomLinkText}}
2-G7 sammiti
Listen to this article

This browser is not supported by Wikiwand :(
Wikiwand requires a browser with modern capabilities in order to provide you with the best reading experience.
Please download and use one of the following browsers:

This article was just edited, click to reload
This article has been deleted on Wikipedia (Why?)

Back to homepage

Please click Add in the dialog above
Please click Allow in the top-left corner,
then click Install Now in the dialog
Please click Open in the download dialog,
then click Install
Please click the "Downloads" icon in the Safari toolbar, open the first download in the list,
then click Install
{{::$root.activation.text}}

Install Wikiwand

Install on Chrome Install on Firefox
Don't forget to rate us

Tell your friends about Wikiwand!

Gmail Facebook Twitter Link

Enjoying Wikiwand?

Tell your friends and spread the love:
Share on Gmail Share on Facebook Share on Twitter Share on Buffer

Our magic isn't perfect

You can help our automatic cover photo selection by reporting an unsuitable photo.

This photo is visually disturbing This photo is not a good choice

Thank you for helping!


Your input will affect cover photo selection, along with input from other users.

X

Get ready for Wikiwand 2.0 🎉! the new version arrives on September 1st! Don't want to wait?